Angliyaning London shahrida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashining (IFAB) yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishda toza o‘yin vaqti, o‘yindan tashqari holat va avval gapirilmagan yangi qoidalar muhokama qilinadi. 2023/24-yilgi mavsum futbolda nimalar o‘zgarishi mumkin?
- Marca nashrining yozishicha, keyingi mavsumdan kuchga kiradigan qoidalardan biri: zaxira futbolchilari maydonga chiqib ketgan tadbirda ham urilgan gollar bekor qilinmaydi.
- To‘rtinchi hakam sardorlik bog‘ichidagi o‘yinchi doim maydonda bo‘lishini nazorat qiladi. Ko‘pincha sardor almashtirilsa, u bog‘ichni boshqa futbolchiga berishni unutib, zaxiraga ketgan vaqtlar ham bo‘ladi.
- Gol nishonlashlar ham qo‘shib berilgan daqiqalarning bir qismi bo‘ladi. Urilgan golni bir yoki bir yarim daqiqadan ortiq nishonlash mumkin emas.
- Darvozabonlar penalti ijrochisini chalg‘itishi mumkin emas. Masalan, turli harakatlar bilan raqibga bosim o‘tkazish, vaqtni cho‘zish, darvoza ustunlariga va to‘rlariga teginish taqiqlanadi.
- Hakamning ruxsatisiz maydonni tark etgan himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi darvoza yoki qanot chizig‘ida bo‘lgan hisoblanadi. Hujum qilayotgan futbolchi esa faol fazada ishtirok etmaslik uchun maydonni tark etishi yoki maydon chetida qolishi mumkin.
- Agar o‘yinchi maydon chegarasidan chiqib ketib, hakam hushtagiga qadar qaytadigan bo‘lsa, ofsayd aniqlanayotgan vaqtda u darvoza chizig‘i ustida turgan sifatida hisoblanadi.
Uchrashuvning asosiy mavzulari, albatta, o‘yinlarning toza vaqtiga o‘tish va Arsen Vengerning o‘yindan tashqari holat qoidasi haqida bo‘ladi. FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori hujumchilar himoyachilardan ko‘ra ko‘proq ustunlikka ega bo‘ladigan o‘zgarishni taklif qilmoqda — hujumchi tanasining oxirgi qismiga qarab o‘yindan tashqari holat aniqlanadi.
Izoh (0)