O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik stavkasi 16 soat etib belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Ta’lim nazorati inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.
Bundan tashqari, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha taklif tayyorlash belgilangan.
Izoh (0)