• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi

    Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etib, butun O‘zbekiston xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi. Uning nutqi Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillar! Dilbar qizlarim!

    Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Biz bu qutlug‘ bayramni doimo orziqib, katta quvonch va hayajon bilan kutamiz. Chunki bu shukuhli ayyom yurtimizga yasharish va yangilanish faslini — fasli navbahorni boshlab keladi. Bu bayram dilimizdagi siz, azizlarga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromimizni, mehr-u muhabbatimizni yana bir bor ifoda etishga imkon beradi.

    Bugun har birimiz cheksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz shaʼniga eng go‘zal so‘zlarni aytishimiz tabiiydir.

    Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz.

    Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qadrli opa-singillar!

    Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga ochiq mamlakatni barpo etishda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qo‘shayotganini albatta yuksak qadrlaymiz.

    Shu borada faqat ayrim raqamlarni keltirib o‘tishga ruxsat bergaysiz.

    Hozirgi vaqtda yurtimizda fidokorona mehnat qilayotgan hurmatli ayollarimizning ulushi tibbiyotda – 77 foizni, taʼlim sohasida – 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni tashkil etmoqda.

    Agar 2017-yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan – 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan – 37 foizga yetdi.

    Bilimli, tashabbuskor va faol ayollarimizdan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat aʼzolari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizi xotin-qizlar ekanini taʼkidlash lozim.

    Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun ayollarimizdan 17 nafari eng oliy mukofot – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlarimiz orasida 5 nafar akademik, oliy taʼlim muassasalarining o‘zida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, shuningdek, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “Xalq artisti”, “Xalq o‘qituvchisi” va boshqa faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ko‘plab ayollarimiz bor.

    Bunday jonkuyar opa-singillarimizni Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Mamlakatimizda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

    Shu maqsadda o‘tgan yili 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. 233 mingdan ko‘proq ayollarga 4 trillion 700 milliard so‘m kredit ajratildi. 252 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi.

    Xabaringiz bor, biz xalqimiz, ayniqsa, opa-singillarimizni ko‘pdan buyon qiynab kelgan uy-joy muammosini yechish maqsadida katta dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Agar 2017-yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 8 ming kvartirali 191 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgan bo‘lsa, o‘tgan yili – shunga eʼtibor berishingizni so‘rayman – 56 ming kvartirali 1433 ta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda esa yana 90 ming xonadon uchun turar-joylar quriladi.

    O‘tgan yili 14 mingga yaqin opa-singillarimizning uy-joy sharoiti yaxshilandi, qariyb 7 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari qoplab berildi.

    Mana shunday ezgu ishlarimiz orqali qancha xonadonlarga quvonch va shodlik kirgani, qancha-qancha odamlarning hayot darajasi va sifati tubdan o‘zgargani, minglab ayollarimizning ruhi ko‘tarilib, ularning ertangi kunga ishonchi mustahkamlangani biz uchun eng muhim natijadir.

    So‘nggi yillarda “Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatda salkam 642 ming nafar opa-singillarimizga amaliy yordam ko‘rsatilgani bu boradagi ishlarimiz ko‘lamidan dalolat beradi.

    Xotin-qizlar salomatligini asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, milliy genofondni yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 9 million nafar ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 3 milliondan ziyodi ambulator, 347 ming nafari esa statsionar sharoitda davolandi.

    Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli taʼlim va tarbiya olishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat taʼbiri bilan aytganda, “Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir”.

    Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy maʼlumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar taʼlimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qiyoslash uchun bir misol keltirmoqchiman.

    Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko‘rilmagan natijadir.

    Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz taʼlim krediti ajratildi.

    Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

    Dunyoda chuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi kunda, qanchalik qiyin bo‘lmasin, zarur mablag‘ va imkoniyatlarni topib amalga oshirayotgan bunday saʼy-harakatlarimiz albatta o‘z natijasini beradi. Oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va sanʼat, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonaman.

    Aziz opa-singillar!

    Keyingi yillarda O‘zbekiston xotin-qizlarining ovozi xalqaro minbarlardan ham dadil yangrayotgani barchamizni quvontiradi. Ular mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar, nufuzli forum va anjumanlarda faol ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

    Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatimiz tashabbusi bilan 2020-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga asos solinganini taʼkidlash lozim. O‘tgan yili esa Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bularning barchasi xotin-qizlar muammolarini mintaqa va xalqaro miqyosda muhokama qilish, ularni hal etish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surish imkonini bermoqda.

    Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan, ana shunday saʼy-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutlayman. Barchamiz chin dildan ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va farovonlik tilaymiz.

    Qadrli vatandoshlar!

    Shu o‘rinda ko‘nglimdagi bir ezgu fikrni siz, azizlarga aytishni joiz deb bilaman.

    Biz O‘zbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dardu tashvishlari turadi.

    Siz, azizlarimning oila davrasida tinch-omon, sog‘-salomat, farovon va baxtli turmush kechirishingiz, jamiyat hayotida faol ishtirok etishingiz uchun xizmat qilishni men o‘zim uchun nafaqat asosiy vazifa, balki sharafli burch, deb bilaman. Chunki oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi.

    Xabaringiz bor, respublika xotin-qizlar tashkiloti hozirgi vaqtda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi sifatida yangicha mazmunda faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘mitaning vakolat va faoliyat doirasi kengaytirilib, uning tarkibiga bilimdon va yuqori malakali yangi kadrlar jalb etildi. Jumladan, birinchi marta eng quyi bo‘g‘inda – 9 ming 400 dan ziyod mahallada ayollar muammolarini hal etishga ko‘maklashadigan xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etildi.

    Bularning barchasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini O‘zbekiston ayollarining chinakam tayanchi va suyanchiga aylantirishga xizmat qiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muhtaram vatandoshlar!

    Maʼlumki, turli sohalarda dastlabki muhim natijalarga erishib, yoshlarimizga namuna bo‘layotgan isteʼdodli qizlarimizni shu qutlug‘ bayram arafasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash yaxshi anʼanamizga aylangan. Bugun Zulfiyaxonimga munosib izdosh sifatida eʼtirof etilgan yana 28 nafar oqila va isteʼdodli qizlarimizga ana shu mukofotlarni topshiramiz.

    Siz, aziz qizlarimni hayotingizdagi ilk zafar bilan chin dildan tabriklab, barchangizga yangi-yangi yutuqlar tilayman.

    Bugungi xursandchilik kunda o‘z sohasida ibratli natijalarga erishgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallariga sazovor bo‘ldilar.

    Fursatdan foydalanib, ularning barchasini samimiy tabriklayman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Aziz va qadrli vatandoshlar!

    Bugungi o‘ta og‘ir va murakkab zamonda biz o‘z oldimizga ulkan vazifalarni qo‘ymoqdamiz. Ularni bajarish albatta oson bo‘lmaydi. Lekin, bu sharafli yo‘lda bizga cheksiz kuch va madad beradigan mard va olijanob xalqimiz, muhtarama onalarimiz, aziz opa-singillarimiz bor ekan, ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga albatta yetamiz.

    Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda bunyod etamiz!

    Sizlarga, butun mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

    Qutlug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin!

    07.03.2023, 15:11   Izoh (0)   21205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

    06.03.2023, 20:34

    Qoraqalpog‘istonda sifatsiz oziq-ovqatlar tarqatilgan maktablar direktorlari jarimaga tortildi

    07.03.2023, 13:40

    Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

    07.03.2023, 13:37

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 8-mart kuni yomg‘ir yog‘adi

    07.03.2023, 12:53

    Farg‘onada 20 yoshli yigit o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

    07.03.2023, 11:44

    Oliy Majlis palatalarining vakolatlari oshiriladi

    07.03.2023, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.