Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turida “Barselona” 5-mart, yakshanba kuni “Valensiya”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Rafinya katalonlarni oldingi olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari oradagi farqni oshirishi mumkin edi, biroq Ferran Torres penaltidan unumli foydalana olmadi.
59-daqiqada mezbonlar himoyachisi Ronald Arauxo darvozabon bilan birga-bir chiqib ketayotgan raqib futbolchisini to‘xtatib qoldi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Biroq mehmonlar qolgan daqiqalarda sondagi ustunlikdan unumli foydalana ololmadi.
Ushbu g‘alaba evaziga “ko‘k-anorranglilar” ochkolarini 62 taga yetkazib oldi va peshqadamlikda davom etmoqda. 5-mart kuni “Betis”ga qarshi o‘ynaydigan “Real” hisobida 52 ochko mavjud. “Valensiya” (23) esa 19-pog‘onaga tushib ketdi.
La Liga
24-tur bahslari
5-mart, yakshanba
“Barselona” – “Valensiya” 1:0
Gol: 1:0 – 15 Rafinya.
“Barselona”: ter Shtegen, Kunde, Kristensen, Arauxo, Balde, Serxi Roberto (Erik Garsiya, 81), Buskets, de Yong (Kessie, 46), Rafinya (Alarkon, 87), Ferran Torres, Fati (Alonso, 61).
“Valensiya”: Mamardashvili, Terri Korreyya (Kastilyexo, 62), Fulkye, Jemert (Diakabi, 55), O‘zkajar, Xesus Vaskes, Gilyamon, Almeyda (Musa, 78), Moriba (Fransisko Peres, 62), Duro, Lino (Klyuyvert, 78).
Chetlatish: Arauxo (59).
“Valyadolid “– “Espanyol” 2:1
Gollar: 1:0 – 25 Sanches, 2:0 – 62 Aguado, 2:1 – 87 Breytueyt.
Izoh (0)