Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasidagi davlatga qarashli o‘rta maktab o‘quvchilaridan ertalab 05:00 da darsga kelish majburlanmoqda. Bu haqda mahalliy Coconuts Bali nashri xabar berdi.
Gubernator Viktor Layskodat boshchiligidagi Sharqiy Nusa-Tenggara ma’muriyati yangi ta’lim siyosatini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, “o‘quvchilarda kurashish xarakterni shakllantirish” uchun dars soati ertalab soat 05:00 dan boshlanadi.
“Ular soat 22:00 da uxlab, ertalab soat 4 da uyg‘onishlari mumkin. Olti soat uxlash yetarli. 30 daqiqa cho‘milishga, 30 daqiqa maktabga kelishga ajratiladi. Shu tariqa o‘quvchilar ertalab soat 05:00 da maktabda bo‘lishi mumkin. Buni amalga oshirishdan maqsad o‘quvchilarda intizomni shakllantirishdir”, — dedi Viktor.
“Har kimga ma’lumki, gubernator va provinsiyaning boshqa rasmiylari har kuni ertalab soat 4 da uyg‘onib, ertalab soat 5 ga qadar ofisda bo‘lishi uchun mandat yo‘q. Bunday qoida nafaqat o‘quvchi, balki o‘qituvchilarga ham ta’sir qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)