Rossiyaning Leningrad viloyati Lomonosovskiy tumanida xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda 47news xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 larda Vladimirovka qishlog‘ida ichki ishlar xodimlari tomonidan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Erkak O‘zbekistonda o‘g‘rilik qilgani uchun qidirilmoqda, u xalqaro qidiruvga berilgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u 2022-yil fevral oyi o‘rtalarida sheriklari bilan Samarqanddagi Jumabozor qishlog‘idagi uylardan biriga kirib, 38 million so‘m o‘g‘irlagan. Erkak hibsga olingani haqidagi ma’lumot O‘zbekistonga yuborilgan.
Izoh (0)