Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Ladosh vokzalida mast erkak to‘pponcha bilan o‘zbekistonlik erkakka tahdid qildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak firmada shaxsiy haydovchi bo‘lib ishlagan. Uning harakatlariga hech qanday sabab bo‘lmagani ta’kidlangan.
“Mast erkak o‘zbekistonlik erkakka nafrat bilan yaqinlashdi, uning orqasiga qurol qo‘yib, tahdid qildi. Shundan so‘ng u g‘oyib bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, erkak tezda qo‘lga olingan, undan travmatik to‘pponcha olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U astmaga qarshi dorilarni qabul qiladi. Ehtimol preparatlarni alkogol bilan aralashtirilib, qabul qilish shunday natijaga olib kelgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Izoh (0)