Turkiyada sud qarori bilan 7 yarim yil qamoq jazosi berilgan o‘zbekistonlik ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Bosh konsulxona O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati va “ADS Hukuk” shirkati advokatlari bilan 2022-yilda sud qarori bilan 7 yarim yil qamoq jazosi berilgan o‘zbekistonlik K.I.ning apellyatsiya sud mahkamasida ishtirok etdi.
Fuqaro K.I. 28-fevral kuni ozodlikka chiqarildi. Chorum shahrida qamoqxonadan Istanbulga qadar kelishi uchun ham yordam berilmoqda. Uning ota-onasi farzandi tuhmatga uchraganini taʼkidlagan. K.I.ga konsullik-huquqiy yordam berilmoqda.
Izoh (0)