• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tarbiyachi tayyorlashning koreyscha moduli: tanaffusga bo‘lingan darslar, Koreyaga sayohat, stajsiz rahbarlik lavozimi va qo‘sh diplomli talabalar

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi yildan yilga oshib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan bog‘chadagi tarbiyachilar yetishmovchiligini keltirib chiqara boshladi. Misol uchun, 2017-yilda maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglar soni 58 ming 400 nafarni tashkil etgan, xolos. Keyinchalik hukumat tomonidan bir qator qonunlar ishlab chiqildi va 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 151 ming 746 nafarga yetdi. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon universiteti (Janubiy Koreya) ham aynan mana shu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

    “Daryo” muxbiri mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib, oliygoh katta o‘qituvchisi Nazokat Mansurxo‘jayevadan maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar qanday tayyorlanishi xususida intervyu oldi.

    Toshkent shahridagi Puchon universiteti
    Foto: Toshkent shahridagi Puchon universiteti

    Ikkita diplom olish mumkin

    Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida dastur 3+1 shaklida o‘qitiladi. Uch yillik o‘qishdan so‘ng talabalarga Toshkent shahridagi Puchon universiteti diplomi beriladi. Bitiruvchilar xohishga ko‘ra o‘qishini yana bir yil Koreya Respublikasida davom ettirishi mumkin. Shunda ularga yana bir diplom beriladi.

    Nazokat Mansurxo‘jayeva
    Foto: Toshkent shahridagi Puchon universiteti

    O‘qitish kredit-modul tizimi bo‘yicha olib boriladi. Maxsus fanlar 3 yoki 4 kredit (ball)dan, umumiy fanlar 2 kreditdan tashkil topgan. Semestr yakunida talaba jami 120 kreditni yig‘ishi kerak, aks holda fanni o‘zlashtirmagan deb hisoblanib, qayta o‘qishga qoladi. Darslar haftasiga 5 kun davom etadi, shanba va yakshanba — dam olish kunlari. O‘quv jarayonlari ertalab soat 9:30 dan 16:20 gacha davom etadi. O‘rtada bir soatlik tanaffus bor, bu vaqtda talabalar tushlik qiladi.

    Dars davomiyligi fanning ahamiyatiga bog‘liq

    Dars jarayonlari nafaqat ma’ruza shaklida, balki yo‘naltirilgan usulda ham bo‘lib o‘tadi. Misol uchun, fakultetda laboratoriya xonalari mavjud. Ular barcha talablarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, talabalar dars jarayonlaridan uzilmagan holda ish muhitiga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Davlat universitetlarida darslar paralar (1 soat 20 daqiqa) bo‘yicha o‘tilsa, bu yerda boshqacha — dars davomiyligi fanning muhimlik darajasiga bog‘liq. Masalan, kasbga doir ahamiyatga ega fanlar 3 ga, umumiylari 2 ga bo‘lib o‘tiladi. Bo‘limlar 50 daqiqa davom etib, o‘rtada 10 daqiqadan tanaffus beriladi. Bu talabalar o‘quv dasturini yaxshi o‘zlashtirishi uchun qilingan. Chunki bir jarayon 50 daqiqadan o‘tib ketadigan bo‘lsa, toliqish yuzaga keladi va shu toliqish sababli materialni to‘liq o‘zlashtirish qiyin kechadi.

    Sujetli-rolli o‘yinlar markazi
    Foto: Toshkent shahridagi Puchon universiteti

    Agar ma’ruza darsning birinchi qismida o‘tilsa, keyingi qismlarda talabalar turli xil faoliyatlarga jalb qilinib, butun guruh bilan jamoaviy ishlar olib boriladi. Darslarda talabalarga yosh bolalardagi o‘ziga xosliklarni aniqlash va ularni rivojlantirish o‘rgatiladi. Bolaning eng kuchli tomonlarini topib, ularni kichikligidan to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha saboq beriladi.

    Darslar savol-javob yoki ma’ruza shaklida emas, interaktiv usullar bilan o‘tiladi. Talabalar tayyor darsliklardan foydalanish bilan birga, multimedia orqali ham fanlarni o‘zlashtiradi.

    Kompyuter xonasi
    Foto: Toshkent shahridagi Puchon universiteti

    Koreyalik o‘qituvchilar

    Oliygohga Koreyadagi Puchon universitetidan ham o‘qituvchi-professorlar olib kelingan, ular shartnoma asosida bir necha yil O‘zbekistonda ishlaydi. Xorijlik mutaxassislar darsni koreys tilida o‘tadi, uning so‘zlari o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima qilib boriladi. Shuningdek, Toshkentdagi yuqori malakali o‘qituvchilar ham jalb qilingan.

    Bitiriboq rahbarlik lavozimi

    Universitet davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan memorandumlar imzolagan. Shuning asosida talabalar amaliyotda ishtirok etadi. U yerda o‘qituvchilar va tarbiyachilar nazoratida bolalar bilan ishlash borasida tajriba to‘playdi. Ko‘pincha ular o‘zini yaxshi ko‘rsatgani uchun o‘sha paytning o‘zida ishga olib qolinadi.

    Dars jarayonidan lavha
    Foto: Toshkent shahridagi Puchon universiteti

    Maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yil 31-dekabrdagi buyrug‘iga asosan, Toshkentdagi Puchon universitetini bitirgan talabalar ish stajiga ega bo‘lmay turib MTT rahbari lavozimlariga tayinlanishi mumkin bo‘ladi.

    Har yili ikkinchi semestr yakunida “Mehnat yarmarkalari” tashkil etiladi. Unda talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qiladi va ishga joylashish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, mehmonlar talabalarning bilim va ko‘nikmalari bilan tanishadi.

    Koreyaga sayohat

    Darslarni yaxshi o‘zlashtirgan iqtidorli talabalar har o‘quv yili so‘nggida Janubiy Koreyaga sayohatga yuboriladi. U yerda Puchon universitetida bo‘lib, o‘quv jarayoni, koreyalik talabalar bilan tanishadi va tajriba to‘playdi.

    Shuningdek, koreys tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish istagini bildirgan talabalar uchun ham yoz faslidagi ta’til payti Koreya Respublikasidagi Puchon universitetida qisqa muddatli til amaliyoti kurslarida o‘qib kelish imkoniyati yaratilgan.

    Malaka oshirish kurslari

    Kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlardan tashqari, “Malaka oshirish kurslari” ham tashkil etilgan. Unda nafaqat talabalar, balki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagoglar ham tinglovchi sifatida ishtirok etadi.

    24.02.2023, 17:22   Izoh (0)   4217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident Qarshidagi supermarketlardan biriga kirib, xaridorlar bilan suhbatlashdi (video)

    24.02.2023, 17:22

    Rossiyada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar ommaviy norozilik uyushtirdi

    24.02.2023, 17:13

    “Prezidentga masala qo‘ymagan hokimning kelajagi yo‘q” – Shavkat Mirziyoyev

    24.02.2023, 17:09

    Jizzaxda 3 balli zilzila sodir bo‘ldi

    24.02.2023, 17:04

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston havo mudofaasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

    24.02.2023, 16:55

    Turkiyada zilzila oqibatida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uylarning 98 foizi 1999-yilgacha qurilgani maʼlum bo‘ldi

    24.02.2023, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.