Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbari Qashqadaryo viloyatini rivoshlantirish masalasi haqida gapirib o‘tdi.
“Qashqadaryo uchun hech kim ko‘chadan kelib, nimadir qilib bermaydi. Bugun viloyatga ko‘p pul ajratamiz. Nimaga? Albatta, rivojlantirish uchun.
Albatta, viloyatda qator muammoli masalalar bor. Hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni tuman hokimlari oldimizga qo‘yishi kerak. Prezidentga masala qo‘ymagan hokimning kelajagi yo‘q”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)