Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Raqamlashtirish vazirligiga xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha telekanalda IT’ga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.
Har bir oliygohning bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerakligi ta’kidlandi. Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim va Raqamlashtirish vazirliklariga:
- qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;
- IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.
Izoh (0)