Italiyaning “Spetsiya” klubi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.
Italiyalik mutaxassis Leonardo Semplichi “burgutlar” bilan mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqida A Seriya vakili rasmiy sayti ma’lum qildi. Agarda jamoaning natijalari yaxshi bo‘lsa, shartnoma avtomatik ravishda 2025-yil 30-iyunga qadar uzaytiriladi.
Semplichi “Spetsiya”da yaqinda iste’foga chiqarilgan Luka Gottining o‘rnini egalladi.
Qayd etib o‘tish joiz, Semplichi murabbiylik faoliyati davomida faqatgina Italiya klublarini boshqargan. “Sanjiminyano”, “Filine”, “Aretsso”, “Piza” “Fiorentina” yoshlari va “SPAL” shular jumlasidan.
Eldor Shomurodov jamoasi Italiya chempionatida ortda qolgan 23 turdan so‘ng 19 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchi yanvar oyida “Roma”dan ijara asosida “Spetsiya” safiga qo‘shilgandi. Shomurodov klub safida uchta o‘yin o‘tkazdi va samarali harakat amalga oshira olmadi.
Izoh (0)