Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “Navbahor” klubining 2023-yilgi mavsum oldidan futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilmoqda.

Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, “Navbahor” vakillari va klub muxlislari ishtirok etdi.




Tadbir davomida 2022-yilgi mavsumda Superliganing kumush medaliga ega chiqqan “Navbahor” futbolchilari, murabbiylari va rahbariyat a’zolariga medallar topshirildi.



.jpg)


Yangi mavsumda to‘p suradigan futbolchilar birma-bir sahnaga chiqdi.






Tadbir yakunida Viloyat hokimi va “Navbahor” vakillari tomonidan jamoaning nogironligi bor muxlisiga kumush medali hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.





Izoh (0)