• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 23-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 23-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.


    Ukrainaga zamonaviy G‘arb qiruvchilari berilmaydimi?

    Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arb samolyotlari va uzoq masofali qurollardan foydalanmaslikka  kafolat bera oladimi?


    Bu savolga  Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba  Sky News telekanaliga bergan intervyusida javob berdi.

    “Biz G‘arb qurollaridan Ukraina hududlarini ozod qilish uchun foydalanishga kafolat berishimiz mumkin”, — deydi Kuleba.

    G‘arb davlatlari yanvar oyida Kiyevga reaktiv qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasini muhokama qila boshlagan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ularning yetkazilishiga erishishga va’da bergan.

    Hozirda bu g‘oyani Boltiqbo‘yi mamlakatlari qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi Politico.

    “Bunday qaror qabul qilish oson bo‘lmaydi”, — deydi Polsha prezidenti Anjey Duda. Germaniya kansleri Olaf Shols esa G‘arb qiruvchilarining yuborilishini rad etib, bu mavzu muhokamasini to‘xtatishga chaqirgan. 

    Ayni vaziyatda AQSH ham Kiyevga jangovar samolyotlar bilan yordam va’da qilishdan bosh tortdi, ammo uchinchi davlatlardan birortasi yordam bermoqchi bo‘lsa, Amerika buni mamnuniyat bilan qabul qiladi, deya ta’kidlagan Oq uy. 

    Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan urush tugaganidan keyingina zamonaviy G‘arb qiruvchilarini olishi mumkin. U buni Kiyevning g‘arbiy hamkorlari o‘rtasidagi konsensus deb atadi.


    Arab davlatlari Nablusdagi falastinliklarning o‘ldirilishini qoralab chiqdi

    Arab davlatlari Isroil armiyasining falastinliklarga qarshi uyushtirgan jazo reydini qoralab chiqdi.

    Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Ummon, Misr, Tunis davlatlari Isroil armiyasining Nablusdagi harakatlarini qoraladi — reydda 11 falastinlik halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi yaralangan.

    Arab parlamenti, Arab davlatlari ligasi va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi Isroilni xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzganlikda va Falastin hududlarida keskinlikni kuchaytirganlikda aybladi.

    22-fevral kuni Isroil mudofaa kuchlari okkupatsiya qilingan G‘arbiy sohil shimolidagi Nablus shahrida navbatdagi reyd davomida falastinliklarga qarshi qurol ishlatdi va bu bosqin yana odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi. Isroil harbiylari shaharga bir necha tomondan bostirib kelgan. Ular eski shahar hududidagi uylardan birini o‘rab olgach, tartibsizliklar boshlangan.


    Turkiyadagi zilziladan so‘ng aybdorlar hibsga olinmoqda, vayron bo‘lgan shaharlar qancha muddatda tiklana oladi?

    Zilzilalardan so‘ng Turkiya hukumati 341 kishini hibsga oldi — ular binolarni qurish vaqtidagi talonchilik va qoidabuzarliklarda ayblanmoqda, deb xabar berdi TRT Haber.

    Zilziladan jabr ko‘rgan 11 viloyatda olib borilgan tekshiruvlari natijasida 564 kishining qurilishdagi qoidabuzarliklari aniqlanib, 160 nafari qo‘lga olingan.

    282 kishi esa talonchilikda ayblanmoqda, hozirda ulardan 181 nafari hibsga olingan.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, zilziladan jabr ko‘rgan hududlarda qurilish ishlari mart oyida boshlanadi. 11 viloyatda 200 mingga yaqin turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.

    Erdo‘g‘on zilzila zonalarida biznes va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 1 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatilishini va kredit kafolat jamg‘armasi hajmini 13,2 milliarddan 18,5 milliard dollarga oshirishini maʼlum qildi. 

    “Uy-joy, ish o‘rinlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tarixiy va madaniy qadriyatlari bo‘lgan barcha shaharlarimiz to‘liq tiklanadi. Yangi binolar uch yoki to‘rt qavatdan baland bo‘lmaydi”, — deya ma’lum qilgan prezident.

    Shu orada Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu metropoliyadagi qulash xavfi eng yuqori deb tasniflanayotgan uylarni buzish boshlanganini e’lon qildi.


    O‘zbekistonga ta’sir qiladigan suv toshqiniga qanday omil sabab bo‘lmoqda?

    Mutaxassislar Tojikistondagi zilzila oqibatida Sarez ko‘li suv toshqiniga sabab bo‘lishi, bu esa Markaziy Osiyoning to‘rtta davlatiga ta’sir qilishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

    Ma’lum qilinishicha, Sarez ko‘li yaqinida 7,3 magnitudali zilzila qayd etilgan. Ushbu jarayonda qurbonlar va vayronalarning oldi olindi, ammo suv ombori yaqinidagi hudud o‘n yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatga tahdid solmoqda.

    Hozirda Sarez ko‘lining chuqurligi 500 metrga yetadi, umumiy hajmi esa 17 kub kilometrni tashkil etadi. 


    Usoy to‘g‘onining vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan zilzila va ko‘chkilar “geologik qamoqxona”dan ulkan hajmdagi suvning sizib chiqishiga olib keladi. Moskva davlat universiteti mexanika institutining hisob-kitoblariga ko‘ra, oqibatda balandligi 150 metrgacha bo‘lgan sel 3 kilometrdan ortiq balandlikdan chiqib ketadi. Vodiylarda to‘lqin balandligi 15 metrga tushadi, bu uch qavatli uyning balandligiga teng. Mazkur favqulodda holat nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlariga ham ta’sir qiladi.

    Tojikiston bu masalani boshqacha hal qilishga, ya’ni Sarez ko‘lidagi ichimlik suvini xorijga sotishga qaror qildi. O‘nlab davlatlar bilan muzokaralar olib borildi, biroq faqat Xitoy kelishuvga rozi bo‘ldi. 

    Hozirda Sarez ko‘li tun-u kun kuzatuv ostida. Mutaxassislar suv omboridagi har qanday o‘zgarishlarni kuzatib boradi. Sababi  suv sathi keskin o‘zgargan taqdirda, darhol trevoga e’lon qilinishi kerak.

    23.02.2023, 21:25   Izoh (0)   6565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eronda ichida sport vaziri bo‘lgan vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor (foto)

    23.02.2023, 20:31

    Rossiya TIV Markaziy Osiyo davlatlarini G‘arbga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

    23.02.2023, 19:08

    O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng mehmondo‘st davlat deb topildi — reyting

    23.02.2023, 17:16

    Kiyev G‘arb qiruvchilaridan Rossiyaga zarba berish uchun foydalanmaslikka va’da berdi

    23.02.2023, 17:12

    Ilon Mask O‘zbekistonda Starlink internetini ishga tushirishni noma’lum muddatga kechiktirdi

    23.02.2023, 17:10

    Tojikistondagi zilzila suv toshqiniga olib kelishi mumkin. Bu O‘zbekistonga ham ta’sir qiladi

    23.02.2023, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.