Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi qator mahallalarda 22-fevral kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Chambil” mahallasida yerosti o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Nosozlik sababli “Hamza”, “Ibn Sino”, “Toshkent”, “A.Qahhor”, “A.Avloniy”, “Yangihayot”, “Musa Jalil”, “Chambil”, “I.Karimov” va “Hilol” MFYlardagi 5 ming 278 ta ko‘p qavatli xonadon, 1024 ta hovli-uy xonadonlar hamda 52 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
Izoh (0)