Rejissor Jeyms Kemeron “Avatar”dan tashqari keyingi ijodiy rejalari haqida gapirib berdi. U hali ham Xirosima va Nagasaki shaharlarida atom bombasining falokatli portlashi haqida film suratga olish niyatida ekanini bildirdi.
Film Charlz Pellegrinoning “Xirosimadan chiqqan so‘nggi poyezd: Omon qolganlar orqaga qarashadi” kitobi asosida suratga olinadi, uning huquqlarini Kemeron 2010-yilda qo‘lga kiritgan. Kinokartinada ikkala portlashdan omon qolgan yagona inson Tsutomu Yamaguchi bilan bo‘lgan intervyu ham namoyish etiladi.
“Biz avvalgidan ham beqaror dunyoda yashayapmiz. O‘ylaymanki, Xirosima filmi ko‘proq vaqtni olmasa har doimgidek o‘z vaqtida namoyish etiladi. Bu bizga qurollar insonlarga qarshi ishlatilganda nima oqibatlarga olib kelishini eslatib turadi”, — deydi Kemeron LA Times gazetasiga bergan intervyusida.
Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” filmi rasman “Titanik”ni ortda qoldirib, barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan uchinchi filmiga aylandi. “Avatar-3” kinokartinasi 2024-yilning oxirida katta ekranlarga chiqarishilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning to‘rtinchi qismi 2026-yilda, bechinchi qismi esa 2028-yilda kinoteatrlarga chiqariladi.
Izoh (0)