• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uch aviahalokat: yo‘ldan adashgan Liviya samolyotining urib tushirilishi, xatolik sabab Syurixda portlagan bort va Venesuelada qoyaga urilgan layner. Kun xronologiyasida 21-fevral

    21-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan yo‘ldan adashganitelekanalimolyotining Isroil tomonidan urib tushirilishi, Syurixda terrorchilar tomonidan portlatilgan samolyot hamda Venesuelada qoyaga urilgan samolyot oid faktlar o‘rin olgan.

    Yo‘ldan adashgani Liviya samolyotining Isroil tomonidan urib tushirilishi

    1973-yil 21-fevral kuni Misrning Ismoiliya shahri yaqinida Isroil Harbiy-havo kuchlariga qarashli qiruvchi samolyotlar hujumi oqibatida Boeing 727 yo‘lovchi tashuvchi samolyoti halokatga uchragan va oqibatda bortda bo‘lgan 108 kishi halok bo‘lgandi.

    Foto: Huffpost

    Samolyot Tripoli—Bing‘ozi—Qohira—Iskandariya—Bahrayn yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirgan bo‘lib, havo kemasini turli davlatlardan bo‘lgan ekipaj jamoasi boshqarib borardi: komandir va bortmuhandis — fransiyalik, ikkinchi uchuvchi — Liviya fuqarosi. Boeing soat 12:00 Bing‘ozi aeroportiga qo‘nadi, u yerda biroz turgach, Qohira tomon parvozini davom ettira boshlaydi. Avialayner bortida 104 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning 9 a’zosi bor edi.

    Qohiraga yaqinlashgan vaqtida samolyot quyuq tuman va chang bo‘roniga duch keladi, shu sababli uchuvchilar faqat uskunalarga qarab, yo‘nalishni olishga majbur bo‘lgan. Bu ham yetmaganidek, kuchli shamol ham esa boshlagan. Soat 13:44 da komandir yo‘nalishdan adashib ketishgan bo‘lishlari mumkinligi borasida shubhaga borgan, chunki ular qo‘nishga ishora beradigan mayoqni topa olmay qolgandi. Shunday bo‘lsa-da, ular o‘zlarini Qohira g‘arbida deya hisoblab, sharq tomon uchishni davom ettirgan, aslida bo‘lsa, ular shahardan sharqda parvoz qilardi.

    Soat 13:54 da 6 ming metr balandlikda Liviyaga tegishli Boeing Suvaysh kanalini kesib o‘yib, o‘sha vaqtda Isroil tomonidan egallangan Sinay yarimoroli hududiga kirib qolgan va Dimona shahridagi yadroviy markazga yo‘nalgan. Isroil radarlari darhol samolyotni payqagan va ikki daqiqadan keyin havoga mamlakat Harbiy-havo kuchlariga qarashli ikkita F-4E qiruvchisi ko‘tarilgan. Bu vaqtda Boeing Qohiradagi dispetcherga qo‘nish mayog‘ini ko‘rmayotganini aytgan, shundan keyin dispetcher 1-1,2 kilometr balandlikka qadar pastlashni maslahat bergan.

    Foto: Huffpost

    Aynan shu daqiqalarda Isroil qiruvchi samolyotlari avialaynerga yaqinlashgan. U vaqtda Liviya bayrog‘i Isroil urush holatida bo‘lgan Misrnikiga juda o‘xshab ketgani sabab vaziyat yanada keskinlashgan. Shuningdek, quyosh tushib turgani sabab yo‘lovchilar salonidagi darpardalar tushirib qo‘yilgandi, shu bois isroillik uchuvchilar yo‘lovchilarni ko‘rmagan va bu samolyot yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanganini bilmagan. O‘z navbatida Boeing ekipaji qiruvchilarni Misrga tegishli “MiG”lar deb o‘ylagan.

    Bortda yo‘lovchilarni ko‘rmagan qiruvchilarning uchuvchilari bu haqida yerga xabar bergan va u yerdan buyruq olgan — avialaynerni Refidim aviabazasiga qo‘ndirish. Isroil uchuvchilari Liviya samolyoti ekipaji bilan bog‘lanishga uringan, ammo aloqa ishlamagan. Shunda qiruvchilar qanotlarini silkitib, o‘zlarining ortidan ergashish bo‘yicha belgi bergan, qiruvchilardan biri hatto ogohlantiruvchi raketani uchirgan, Boeing ekipaji bunga javoban qo‘llari bilan buyruqni tushunganliklari haqida ishorani ko‘rsatgan.

    Foto: Huffpost

    Ta’kidlash kerakki, Qohira yo‘lovchi aeroporti shahardan g‘arbda joylashgan, aviabaza esa sharqiy qismda. Ekipaj 1,5 kilometrga qadar pastlagach, o‘zlarini aviabazaga olib ketishyapti deya xato o‘ylab, “Misr MiGlari” Qohiradan sharqqa qarab yurishni ko‘rsatdi, deb hisoblagan — dispetcherga hisobot bergach, ular g‘arbga burilgan. Bu manvoyr Isroil qo‘mondonligi tomonidan qochish deya baholangan, bundan tashqari ekipaj ogohlantiruvchi o‘qlarga javob bermagan.

    Shunda Isroil qo‘mondonligi avialayner terrorchilar tomonidan olib qochilgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga borgan, buning ustiga oldinroq “Qora sentabr” terrorchilik tashkilotidan tahdidlar kelgandi. Natijada general David Elazar o‘t ochish buyrug‘ini bergan. Qiruvchilar samolyot qanotining asoslariga o‘q yog‘dira boshlagan.

    Foto: Huffpost

    Boeing yerga qulay boshlagan va uchuvchilar samolyotni sahroga qo‘ndirishga qaror qilgan. Avialayner Suvaysh kanalidan 20 kilometr uzoqqa qulab, butunlay parchalanib ketgan. Hodisa oqibatida ikkinchi uchuvchi va to‘rt yo‘lovchi omon qolgan, 108 kishi halok bo‘lgan.

    Syurixda terrorchilar tomonidan portlatilgan samolyot

    Bundan 53 yil oldin 21-fevral kuni Syurix—Tel-Aviv—Gonkong yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Swissair aviakompaniyasiga tegishli Convair 990 samolyoti terakt oqibatida halokatga uchragandi. Avialayner havoga ko‘tarilganidan 7 daqiqa o‘tib, ekipaj salon germetikligi buzilgani va aeroportida qaytayotganini xabar qiladi, ammo qaytish yo‘lida yong‘in yuzaga kelib, uchuvchilar boshqaruvni yo‘qotgan.

    Foto: Swissinfo

    Samolyot Syurix aeroportidan 24 kilometr uzoqlikdagi o‘rmonga qulaydi, uning bortida bo‘lgan 47 kishining barchasi — 38 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Halokat falastinlik terrorchilar tomonidan tayyorlangan qurilmaning portlashi oqibatida yuz bergandi — bu Shveysariya tarixiridagi eng yirik terakt hisoblanadi.

    Ekipaj bir kun oldin Syurix—Dyusseldorf—Syurix yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan. Halokat yuz bergan kunda esa ular Syurixdan Gonkongga uchishi va o‘rtada Tel-Avivga to‘xtashi kerak bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 13:14 da SR330 sonli reys havoga ko‘tarilgan. Ammo oradan 7 daqiqa o‘tgach, soat 13:21 da uchuvchilar yerga layner germetizatsiyasi buzilgani va Syurixga qaytayotganini ma’lum qiladi. Aviadispetcher yo‘nalishni 335 darajaga burish ko‘rsatmasini bergan, shundan keyin reys Firvaldshtet ko‘li uzra aylanishni amalga oshirgan.

    Soat 13:24 da ekipaj avariyaviy vaziyat e’lon qilgan va bortda yong‘in yuzaga kelganini aytib, qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Syurixdan uchadigan barcha parvozlar bekor qilingan, ammo bortdagi vaziyat yomonlashishni davom etardi. Ekipaj kabinasida navigatsion uskunalar ishlamay qolgan, shu sababli uchuvchilar yo‘nalishni aniqlash uchun yer bilan aloqada bo‘lib turgan; bundan tashqari, bortda elektr tizimi o‘chib qolgan, kabinada qandaydir tutun paydo bo‘la boshlagan. Layner Syurix ustidan uchib o‘tgan, keyin chapga qayrilgan, aviadispetcher yo‘nalishdan adashib ketganini aytgan.

    Reynning boshlanish qismiga yetib kelgan samolyot chapga og‘ishni boshlagan. Halokatdan 50 soniya oldin u yerga ma’lumot yuborishga ulgurib qolgan: “Biz qulayapmiz, barchaga alvido, barchaga alvido”. Oradan yana 6 soniya o‘tgach komandir ikkinchi uchuvchiga dvigatel quvvatini pasay

    tirishni va balandlikni kuzatishni buyurgan, ammo kuchli tutut sabab mazkur buyruqlar bajarilmay qolib ketgan. Katta tezlikda yerga qulagan samolyot portlab ketgan va bir zumda mayda bo‘laklarga parchalangan. Portlash kuchini hatto Syurix institutidagi seysmograflar ham qayd etgandi.

    Fojia oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 47 kishining barchasi halok bo‘lgan. Bu Convair 990 tarixidagi eng yirik halokat edi, ammo oradan ikki yil o‘tgach Tenerifedagi halokat ko‘lami mazkur fojiadan oshib ketgan.

    Foto: Swissinfo

    Tergov davomida shu kabi holat bir kun oldin Frankfurt-na-Mayn yaqinida ham yuz bergani aniqlangan. Avstriyaning Austrian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Sud Aviation SE-210 Caravelle VI-R avialayneri Venaga uchayotganida uning yuk bo‘lmasida portlash yuz bergan. Samolyot fyuzelyajida diametrli 1,5 metrli teshik paydo bo‘lgan, biroq qolgan yuklar portlash to‘lqini energiyasini yutib yuborgani sabab bortda yong‘iz yuz bermagan. Ekipaj aeroportga qaytib, muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgandi.

    Austrian Airlines samolyoti va SR330 reysi bilan yuz bergan holatlar tergovi davomida har ikkala vaziyatda ham bombalar yukxona bo‘lmasida portlagani aniqlangan. Bombalarning o‘zi radiopriyomnik ko‘rinishida maskirovka qilingan va ularni “visotomerlar” harakatga tushirgan, ya’ni havo kemalari kerakli balandlikka chiqqanida samolyotda portlash yuz bergan.

    “Visotometr”lar qoldiqlari topilib, televizor orqali namoyish etilgan, shundan keyin politsiyaga Frankfurt-na-Mayndagi qurilmalar bilan savdo qiladigan do‘kon egasi qo‘ng‘iroq qilib, teraktdan bir necha kun oldin falastinlik ikki talaba undan shu kabi qurilmalarni xarid qilganini bildirgan. Sotuvchining ko‘rsatmasi asosida ushbu ikki talaba qo‘lga olingan, so‘roqlardan keyin guruh yetakchisi — Iordaniyada yashirinib kelgan Sufian Kaddumi ham ushlangan. Aniqlanishicha, bombalar Frankfurt-na-Maynda Tel-Avivga aviapochta orqali jo‘natilgan. Bombalardan biri Swissair samolyoti bortiga chiqib qolgani mutlaq tasodif. Posilka Syurixga yetkazilishi, u yerda EI AI aviakompaniyasi samolyoti yordamida Tel-Avivga jo‘natilishi kerak edi. Ammo Isroil layneri kechikish bilan yetib kelgani bois, yukni Shveysariyaning SR300 reysi orqali yuborishga qaror qilingan.

    Foto: Swissinfo

    Austrian Airlines va Swissair samolyotlarida yuz bergan portlashlar bo‘yicha mas’uliyatni Falastin Xalq ozodligi fronti tashkiloti zimmasiga olgan. Qo‘lga olingan falastinlik talabalar tez orada qo‘yib yuborilgan. 2000-yilda Shveysariya federal sudi SR330 reysidagi terakt tashkilotchilarini aniqlab bo‘lmaydi degan xulosaga kelgan.

    2016-yilda ma’lum bo‘lishicha, Shveysariya hukumati Falasin terrorchilari bilan aloqaga kirishib, terakt bo‘yicha tergov ishini yopib borishni va’da qilgan, buning evaziga ular terrorchilardan Shveysariya obyektlariga hujum qilmaslikni talab qilgan.

    Venesuelada qoyaga urilgan samolyot

    2008-yil 21-fevral kuni Santa Barbara Airlines aviakompaniyasiga tegishli ikki turboparrakli ATR 42-300 samolyoti Venesuellaning ikki shahri — Meridadan Karakasga parvozni amalga oshirish vaqtida qoyaga borib urilgan edi. Havo kemasining bortida 43 yo‘lovchi, ikki uchuvchi va bir nafar styuardessa bo‘lgan.

    Foto: Aviaton for Aviators

    Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan, ertasi kuni uning qoldiqlari topilgan edi, fojia oqibatida hech kim omon qolmagan.

    Merida And tog‘lari tizmasida joylashgan turistik shahar bo‘lib, baland qoyalar bilan o‘ralgan, u yerdagi aeroportlarda tungi parvozlar ko‘pincha taqiqlanadi. 2008-yil 21-fevral kuni 518-sonli reys mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da aeroportdan chiqib ketgan oxirgi samolyot edi. Ekipaj kabinasida 5 ming soatdan ortiq parvoz qilgan kapitan Aldino Garanito Gomes (36 yosh) hamda hisobida 2 ming soat parvozi bor birinchi yordamchi Denis Ferreyra Kvintal (29 yosh) bo‘lgan.

    Ikki silindrga ega turboparrakli dvigatel bilan jihozlangan samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, “Hindular yuzi” deb ataluvchi 4 ming metr balandlikdagi qoyaga urilgan. To‘qnashuvdan oldin falokat signali kelib tushmagan.

    Foto: Aviaton for Aviators

    Fuqarolik mudofaasi direktori Antonio Rivero qutqaruvchilar halokat Merida shtatining janubi-sharqida yuz berganini aniqlaganini ma’lum qilgan. Idoraning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Xerardo Roxas qutqaruvchilar hodisa joyiga yo‘l olganini bildirgan. Tog‘li qishloq aholisi mahalliy politsiyaga samolyot qoldiqlari Paramo-de-Mukuchiesda joylashganini aytgan. 

    Avialayner parvozdan ko‘p o‘tmay, Meridadan 10 kilometr uzoqlikda qulab tushgandi. “Zarba yuzma-yuz bo‘lgan. Samolyot deyarli changga aylangan”, — deya e’lon qilingan Venesuelaning Globovision telekanali orqali.

    Samolyot qoldiqlari orasidan “qora quti” chiqarib olingan. 2008-yil 28-iyul kuni e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarda keltirilishicha, ekipaj naviatsiya qurilmasi ishlamasa ham Meridani tark etgan va natijada tog‘li hududda mo‘ljalni yo‘qotib, qoyaga urilgan. Keyingi tergovlar davomida uchuvchilar majburiy bo‘lgan parvozoldi tekshiruvlaridan o‘tmagani va ruxsat etilmagan yo‘nalish bo‘yicha parvozga otlangani aniqlangan.

    Foto: Aviaton for Aviators

    LagAd Aviation hisobotida qayd etilishicha, avariya parvoz uchun zarar bo‘lgan nazorat tekshiruvlari amalga oshirilmagani yoki noto‘g‘ri bajarilgani, shu sababli balandlik hamda yo‘nalishni aniqlaydigan tizim nosoz holatga kelgani sabab yuz bergan.

    21.02.2023, 10:06   Izoh (0)   5931
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, zudlik bilan Putin va Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdi

    21.02.2023, 09:43

    “Tanklarimiz Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lganida urush tugaydi” — Ukraina Milliy xavfsizligi 

    20.02.2023, 23:52

    “Daryo kundaligi”da 20-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar 

    20.02.2023, 23:16

    Jorj Bushning Markaziy Osiyo bo‘yicha Barak Obamaga bergan maxfiy maslahati e’lon qilindi 

    20.02.2023, 22:50

    Turkiya va Suriya chegarasida 6,4 magnitudali yangi zilzila sodir bo‘ldi (video)

    20.02.2023, 22:37

    84 foiz emas: Eron hozirgacha uranni qanchaga boyitganini ma’lum qildi

    20.02.2023, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.