• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 20-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 20-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.

    Bayden Kiyevga keldi. Ukraina NATOga a’zo emas, ammo urushdan keyingi urush uchun himoya kafolati bo‘ladimi?

    AQSH prezidenti Jo Bayden Yevropaga tashrifi doirasida Kiyevga keldi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birga Mixayliv soborida ko‘rishdi.

    “Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, Bayden soborga urushda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kelgan. Bu vaqtda esa Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangradi.

    Keyinroq Zelenskiy Baydenning tashrifini rasman tasdiqladi va amerikalik hamkasbi bilan tushgan suratni e’lon qildi.

    Oq uy Bayden Zelenskiy bilan muzokaralar uchun Kiyevga tashrif buyurganini ma’lum qildi. Amerika rahbarining o‘zi esa Ukraina yangi 500 million dollarlik harbiy yordam olishini, bu haqda ertaga rasman e’lon qilinishini aytdi.

    Baydenning Kiyevga tashrifi haqida oldindan e’lon qilinmagan. Oq uyning avvalgi xabarida Bayden 20—22-fevral kunlari Polshaga tashrif buyurib, u yerda mamlakat prezidenti Anjey Duda bilan uchrashishi haqida aytilgandi.

    Eslatib o’tamiz, mazkur vaziyatda Polsha prezidenti Anjey Duda NATO davlatlarini Ukrainaga urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini berishga chaqirdi.

    Financial Times taʼkidlaganidek, NATO mamlakatlari Ukrainaga bera oladigan kafolatlar boshqacha tuzilishda bo‘lib, NATOning yetakchi kuchlarini, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyani kelajakda Ukrainaga hujum qilingan taqdirda harbiy yordam ko‘rsatishga majbur qiladi.

    NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bunday kafolatlarni Isroil AQSHdan olgan kafolatlarga o‘xshash deb ta’rifladi.

    Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi

    Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi Torxam nazorat-o‘tkazish punktida ertalab “Tolibon” jangchilari va Pokiston harbiylarining qurolli to‘qnashuvi yuz berdi, deb xabar bermoqda OAV. Tomonlar bir-birini og‘ir va yengil qurollardan nishonga olgan.

    Daily News Nangarhordagi mahalliy manbalarga tayanib otishma hali ham davom etayotganini yozdi. Torxamdagi do‘kon egasi Shabir Ahmadning aytishicha, bugun (20-fevral) ertalabdan beri og‘ir va yengil qurollarning o‘q ovozi eshitilmoqda. Keyinchalik buni tasdiqlovchi video tarqaldi.

    Yana bir manbaga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv “Tolibon” jangchilari Pokiston harbiy postlaridan biriga yaqinlashganidan keyin boshlangan. Uning aytishicha, Torxam shahri janglar xavfi tufayli yopib qo‘yilgan, “Tolibon” odamlardan vaziyat yaxshilanmaguncha Torxamga bormaslikni so‘ragan.

    Torxamdagi “Tolibon” rasmiylari hali mojaroni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, harakatning Torxamdagi komissari Muhammad Siddiq kecha tunda Pokiston hukumati yo‘lovchilar harakatini to‘xtatgani uchun Torxam darvozalari yopilganini aytdi.

    Torxam nazorat-o‘tkazish punkti Pokiston bilan muhim savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi, u yerda har kuni savdo tovarlaridan tashqari minglab odamlar chegaradan o‘tib qaytadi.

    Baxmut shahri Rossiya va Ukraina uchun qanday ahamiyatga ega? 

    Baxmut shahri hozir frontning eng qaynoq nuqtasidir. Rossiya tomonida asosan “Vagner” yollanma askarlari urushayotgan shahar uchun janglar 2022-yil iyul oyidan beri davom etmoqda.

    Ukraina uchun Donetsk viloyatidagi Baxmut shahrini himoya qilish qanchalik muhim bu odamlarni yo‘qotishga arziydimi? 

    Italiya matbuoti mana shu kabi savollariga Vladimir Zelenskiydan javob oldi.

    “Bu unchalik katta shahar emas. Ruslar tomonidan vayron qilingan Donbassdagi ko‘plab boshqa shaharlar bilan bir xil. Biz uchun uni himoya qilish muhim, lekin har qanday yo‘qotish evaziga emas, hammaning o‘limi bahosiga emas. Hozircha bu mantiqan to‘g‘ri ekan, kurashaveramiz. Biz qarshilik ko‘rsatmoqdamiz va, shu bilan birga, navbatdagi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, — deydi Ukraina prezidenti

    Ukraina yetakchisining qayd etishicha, Rossiya kuchlari Baxmutni qo‘lga olib, so‘ng Kramatorsk va Slavyanskka — “iloji bo‘lsa, Donbass chegaralarigacha va Dneprgacha” hujumni davom ettirmoqchi.

    Jurnalistlar, shuningdek, Zelenskiydan agar urush davom etsa, Ukraina oyoqda turib bera oladimi yoki yo‘qligini so‘radi. Bunga javoban u Kiyev qisqa muddatli urushga va o‘zining g‘alabasiga hozirlik ko‘rayotganini aytdi.

    “Qanchalik tez bo‘lsa, qurbonlar shunchalik kam bo‘ladi. 2014-yilda mojaro muzlatilgandi va bu bizga foyda keltirmadi. Minsk kelishuvlari Putinga o‘tgan yilgi kutilmagan hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdi, biz ortiq tuzoqqa tushmaymiz. Bizning askarlarimiz o‘z oilalarini, uylarini himoya qilayotgani uchun shijoatga to‘lgan”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

    Harbiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya uchun Baxmutning qo‘lga olinishi ko‘proq ramziy va siyosiy ahamiyatga ega, ammo strategik nuqtayi nazardan muhim emas.

    O‘zbekistonda noqonuniy ishdan bo’shatish holatlari bilan qanday kurashish mumkin?

    O‘zbekistonda 2022-yilda Mehnat inspeksiyasi tomonidan kasaba uyushma a’zolariga qariyb 54 milliard so‘m zarar pullari undirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma‘lum qilindi.

    Xabarga ko‘ra, Kasaba uyushmalari federatsiyasi harakatlari tufayli korxona, tashkilot va muassasalarda tuzilgan jamoa shartnomalarining 106 mingga yaqin, ya’ni 94,6 foiziga xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan bekor qilishdan avval albatta kasaba uyushma qo‘mitasining roziligini olish talabi kiritilishiga erishilgan. Buning natijasida xodimlarni noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlariga chek qo‘yiladi.

    Jamoa shartnomalariga kiritish orqali ish vaqti va dam olish vaqtini tartibga solish borasida aksariyat korxona va tashkilotlarda mehnatkashlar uchun asosiy uzaytirilgan va qo‘shimcha ta’tillar o‘rnatilgan.

    Bu degani, har yili Jamoa shartnomalari orqali 3 millionga yaqin xodim asosiy uzaytirilgan, 2 million 900 ming nafarga yaqin xodim esa yillik qo‘shimcha ta’tillardan foydalanmoqda.

    2022-yilda Kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi tomonidan 77 yarim ming nafar uyushma a’zosining qonuniy huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga salkam 54 so‘m zarar pullari undirib berildi.

    20.02.2023, 23:16   Izoh (0)   5638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jorj Bushning Markaziy Osiyo bo‘yicha Barak Obamaga bergan maxfiy maslahati e’lon qilindi 

    20.02.2023, 22:50

    Turkiya va Suriya chegarasida 6,4 magnitudali yangi zilzila sodir bo‘ldi (video)

    20.02.2023, 22:37

    84 foiz emas: Eron hozirgacha uranni qanchaga boyitganini ma’lum qildi

    20.02.2023, 20:56

    Zelenskiyning bunkeri: Ukraina prezidentining bunkerida nimalar borligi ma’lum qilindi

    20.02.2023, 20:10

    Medvedev Baydenning Ukrainaga tashrifiga munosabat bildirdi 

    20.02.2023, 19:31

    Sadir Japarov nega Qirg‘iziston sobiq prezidentlarining uchrashuvini tashkil qildi?

    20.02.2023, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.