Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq, ayrim kunlarda 20-22 darajagacha iliq bo‘ladi.
Haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 22-fevral, chorshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shimoliy hududlar, eng chekka janub va Farg‘ona vodiysida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
24-fevral, juma kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24-fevral kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzgi harorat 3-6 darajagacha iliq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Izoh (0)