• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoya: moddiy yordamga muhtoj aholi qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

    O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 2,1 million nafardan ko‘p bo‘lib, ularga davlat budjetidan 11 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda. Xo‘sh, bugun respublikada ijtimoiy himoya tizimi qanday ishlamoqda?

    Foto: “Daryo”

    Ijtimoiy nafaqalarga 11 trillion so‘m

    Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, mamlakatda 2016-yildan 2022-yilgacha ijtimoiy nafaqalarga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 10 baravarga oshirildi. Taqqoslash uchun, 2016-yilda 466 ming 500 oilaga 1 trillion 112 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 2022-yilga kelib, respublikada ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 2,1 million nafardan ortgan va ularga qariyb 11,4 trillion so‘m ajratilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2020-yilda aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalashning yangi – ijtimoiy yordam va xizmatlarni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatish tizimi joriy etildi. Bu uyma-uy yurilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga imkon qadar yordam ko‘rsatish ishlari ko‘lamini kengaytirdi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida mana shunday daftarlarga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjetidan 1,8 trillion so‘m mablag‘ sarflangan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘tgan 6 yil davlmida aholi orasida pensiya va nafaqa oluvchilar soni ham sezilarli o‘sdi. Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2016-yilda 3,3 million nafar, 2017-yilda 3,5 million, 2018-yilda 3,7 million, 2019-yilda 3,9 million, 2020-yilda 4 million, 2022-yilda 4,3 million nafar odam pensiya va nafaqa olgan. Pensiya jamg‘armasining xabar qilishicha, 2023-yil yanvar oyi uchun 4,4 million kishiga pensiya va nafaqalar berilgan.

    Bolalar ijtimoiy himoyasi

    Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017-yilga nisbatan 5 baravarga oshganini maʼlum qildi. 2021-yilning sentabr oyidan boshlab, bolalar nafaqasi kam taʼminlangan oilalarning har bir bolasiga to‘lanadigan bo‘ldi. Bunda, bolalar yoshi 14 dan 18 yoshga, to‘lov muddati 6 oydan 12 oyga, nafaqa miqdori esa o‘rtacha 1,5 barobarga oshirildi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Hozirgi vaqtda bolalar nafaqasini oluvchilar 2 million 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo‘lgan 5 million 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi). Har bir oila uchun o‘rtacha yillik hisobda to‘lovlar miqdori 5 million 545 ming so‘mdan (491 dollar) to‘g‘ri kelgan. Bunda nafaqa oladigan oilalardagi bolalarning o‘rtacha soni 2 yoki 3 bolani tashkil qiladi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2021-yil sentabr oyidan boshlab, UNICEF bilan hamkorlikda kam taʼminlangan bolali oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lash miqdori, muddatlari va tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi va nafaqalar miqdori bolalar soniga qarab oshirildi. Masalan, bir bolali oilalarga 144 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha (uch yoshgacha — 325 ming so‘m), ikki bolali oilalarga 239 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha (eng kichigi 3 yoshga to‘lmagan bo‘lsa – 475 ming so‘m) nafaqa to‘lana boshlandi. Uch bolali oilalarga 334 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha (eng kichigi 3 yoshga to‘lmagan bo‘lsa – 575 ming so‘m), to‘rt yoki undan ortiq bolali oilalar uchun har bir keyingi bola uchun 100 ming so‘m (2021-yil sentabrgacha uch yoki undan ortiq bolali oilalar uchun belgilangan miqdor) nafaqa pullari berilishi joriy etildi.

    Yana bir necha muhim qadamlar

    2021-yildan boshlab, respublikaning barcha hududlarini o‘zida qamrab olgan yirik axborot bazasi – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” yaratildi. Bu tizim orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash avtomatik tarzda amalga oshiriladigan bo‘ldi.

    Foto: Skrinshot / my.gov.uz

    O‘z navbatida, mazkur tizim ijtimoiy himoya yo‘nalishida muhim o‘zgarishlarni boshlab berdi deyish mumkin. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ning afzalliklaridan biri shundaki, bu tizim talabgordan qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmasdan 17 vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan elektron aloqada bo‘lish orqali 70 dan ortiq turdagi maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilishni taʼminlashga imkon berdi. Hisob-kitoblarga qaraganda, ushbu tizim orqali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish qamrovi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,5 baravar oshgan.

    2021-yilda prezident farmoni bilan minimal pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta prezident qarori asosida, 2021-yilda 757 nafar, 2022-yilda 433 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun davlat byudjetidan 177 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Foto: “Daryo”

    2022-yilning 1-apreldan nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslarga 500 ming so‘m miqdorida har oylik nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. 2023-yil 1-yanvar holatiga 58 ming nafar fuqaroga parvarishlash nafaqasi to‘lab berildi.

    Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya maxsulotlari bilan taʼminlash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Zamonaviy eshitish moslamalari, zamonaviy nogironlar aravachasi, Brayl alifbosi, ovozli tonometr, maxsus funksiyali aqlli soat, ekzoskelet uskunasi, ovozli termometr, elektron platforma bo‘yicha harajatlar uchun jami 43,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun davlat budjetidan qo‘shimcha 17 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

    2022-yilda moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xususiy sektorda band bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari “proaktiv shaklda” fuqarolar murojaati talabisiz tayinlanadi. 2022-yil sentabr va dekabr oylari uchun 4,5 ming nafardan ko‘p ayollarga jami 9,3 milliard so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘landi.

    Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” joriy etildi.

    Foto: “Daryo”

    Bandlik masalasi

    Aholining kam taʼminlangan, ammo mehnatga layoqatli qatlami bandligini taʼminlash davlat siyosatidagi muhim yo‘nalishlarda biri bo‘lib kelmoqda. Bu bo‘yicha hukumat tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Masalan, 2022-yil 1-yanvardan joriy etilgan hokim yordamchisi lavozimini olaylik. Mazkur lavozimdagi davlat mulozimlari har bir qishloq va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlamoqda.

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegramdagi kanali orqali eʼlon qilgan xabarda, 2022-yilda hokim yordamchilari bir million aholini kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgan, ularni daromadli ish bilan band qilishda yordamlashgan. Albatta, bu juda katta natija. Ishlar shunday jadallik bilan davom etsa, joriy yilda 5 million aholi bandligini taʼminlash, shu jumladan, 2 millionta doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

    Qolaversa, hukumat tomonidan alohida eʼtibor beriladigan masalalardan yana biri mamlakatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida bo‘lmoqda. Bu ham ijtimoiy himoya qamrovini kengaytirishda o‘zining samarasini berayotgani aytilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha moliyaviy ko‘mak miqdori sezilarli darajada oshiriladi. Misol uchun, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga davlat budjetidan qariyb 10 trillion so‘m yo‘naltirilgandi. 2023-yilda esa ushbu dasturga 12 trillion so‘m ajratilishi belgilangan.

    Islombek Umaraliyev 

    20.02.2023, 17:55   Izoh (0)   9439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

    20.02.2023, 17:14

    Qarshida yuk mashinasining portlash xavfi yuqori bo‘lgan gaz ballonlari zararsizlantirildi 

    20.02.2023, 17:03

    Toshkentda begona erkak yosh bolani o‘g‘irlayotgani aytilgan xabarga izoh berildi 

    20.02.2023, 16:49

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi 

    20.02.2023, 16:35

    Toshkentda “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” nomli multimedia ko‘rgazmasi tashkil etiladi

    20.02.2023, 16:18

    O‘zbekistonda Mehnat inspeksiyasi tomonidan kasaba uyushma a’zolariga qariyb 54 mlrd so‘m zarar pullari undirib berildi 

    20.02.2023, 15:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida

    Dunyo | 1 iyul, 20:10

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:59

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:55

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 1 iyul, 19:46

    Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:40

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.