• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Talabalarni toifalash, OTM “sharaf” kodeksi, ijtimoiy tarmoqlarda tizim sha’nini himoya qilish — vazirlik rektorlarga yuklatilgan topshiriqlarga izoh berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan OTMlarda talabalarni uch guruhga ajratish bo‘yicha rektorlarga shoshilinch topshiriq berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

    Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilovning yozishicha, vazirlikning 14-fevralda barcha OTM rektorlari va filial direktorlariga “Shoshilinch“ grifi bilan yuborgan, 3 kun muddatda bajarilishi so‘ralgan topshirig‘ida, barcha talabalarni o‘rganib, uch guruh ro‘yxatini shakllantirish belgilangan:

    • jinoyatchilikka moyil talabalar;
    • yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasidagi talabalar;
    • tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalar.

    Bundan tashqari, xatda boshqa “qiziq” topshiriqlar ham bor:

    • yoshlar o‘rtasida paydo bo‘layotgan yomon illatlardan ogoh qilish maqsadida taʼsirchan qisqa hikoyalar nashr qilish, OTMlarda spektakllar namoyish etish;
    • quyosh panellarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatish, isitish tizimlarini (kotyollarni) ko‘mirga o‘tkazish, muqobil energetikani joriy etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;
    • OTMning “sharaf” kodeksini yaratish, xodimlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bo‘yicha eʼlon qilinayotgan maqola va fikrlarga tizim sha’nini himoya qilish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan ishtirok etishi bo‘yicha tushuntirishlar olib borish.

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, 14-fevral kuni OTM va filiallar rahbarlariga jo‘natilgan xat vazirlik tomonidan muntazam ravishda o‘tkaziluvchi onlayn yig‘ilishda bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib berilgan topshiriqdir. Bu yozma topshiriqlar rektorlar bilan muhokama qilinib, avvaldan kelishib chiqarilgan va ular OTMlar ichki tartib-qoidalariga aloqador.

    “OTM tartib-qoidalariga amal qilmaydigan yoki buzgan talabalar ro‘yxatini tuzishdan maqsad talabalarning ma’naviy-moddiy muammolarini bartaraf etish, iqtidorini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, talabalarning vaqti va imkoniyatlarini bilim olishga yo‘naltirish, talabalar va murabbiylar orasida do‘stlik muhitini yaratishdir”, — deya izoh bergan vazirlik berilgan topshiriqlardan biriga.

    Qayd etilishicha, xatda iqtidorli talabalarning ro‘yxatini shakllantirib, vazirlik va OTMning rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilariga biriktirish topshirig‘i ham berilgan. Iqtidorli talabalar soni OTM ichki tartib-qoidalarini tushunib yetmagan talabalardan ko‘proqni tashkil etadi va iqtidorli yoshlarning muammolarini o‘rganish ham alohida yondashuvni talab etadi. Maqsad — iqtidorli talabalarning muammolarini eshitish, ularning g‘oya va takliflariga muntazam yo‘nalish berib turishdir.

    “Shunday qilib, OTM rahbarlari va professor-o‘qituvchilar alohida e’tibor talab etiladigan talabalar bilan individual ishlashlari nazarda tutilgan. Bunda vazirlik rahbarlarining ham talabalar bilan muloqotlari yo‘lga qo‘yiladi”, — deyiladi munosabatda.

    OTMlarda elektr energiya bilan taʼminlaydigan quyosh panellarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatish ishlari yuzasidan topshiriq bo‘yicha quyidagicha izoh berilgan:

    “Bu topshiriq hozirgi kundagi global muammo — energiya taqchilligi masalasi ijobiy hal etilib, talabalarning qulay o‘qib, dam olishlari uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Topshiriq hozirda OTMlar tomonidan bajarilmoqda va bu bo‘yicha vazirlikning dayjesti eʼlon qilib borilmoqda”.

    “Yana bir topshiriqda tizim to‘g‘risida berilayotgan fikrlar, sohadagi yutuq va kamchiliklar haqida xolis fikr bildirish maqsadida talabalarni OAVda yanada faolroq bo‘lishga chaqirish, hodisa va voqelikka bir tomonlama qarashning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar olib borish maqsad qilingan. Bunda tizim sha’nini himoya qilish deganda, albatta, faqat ijobiy emas, balki xolis, asoslangan tanqidiy fikrni ilgari surish ham tushuniladi”, — deya izoh bergan vazirlik.

    Qayd etilishicha, yoshlar o‘rtasida paydo bo‘layotgan yomon illatlardan ogoh qilish maqsadida taʼsirchan qisqa hikoyalar nashr qilish nazarda tutilsin” degan topshiriq ham kontekstdan uzib olingan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hozirda shunday hikoyalar to‘plami nashr etishga tayyorlandi va ular OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallarida e’lon qilinishi nazarda tutilgan.

    “Sharaf kodeksiga keladigan bo‘lsak, bunda har bir OTM talabalari va o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ramzlarni, qadriyatlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarga undovchi yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash nazarda tutilgan. Ushbu kodeks talabalar, pedagoglar, professorlar va bitiruvchilarni o‘z oliy taʼlim muassasalaridan g‘ururlanishlariga, maslakdosh bo‘lishlariga xizmat qiladi”, — deya tushuntirish bergan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

    20.02.2023, 12:32   Izoh (0)   4880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin

    12.02.2023, 16:37

    Vazirlik Ibrohim Abdurahmonovning ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM yopilishi haqidagi gaplari yuzasidan tushuntirish berdi

    14.02.2023, 20:31

    Samarqandda YPX xodimi haydovchini quvib ketayotgani aks etgan videoga izoh berildi

    20.02.2023, 11:49

    “O‘zbekiston va Misr o‘rtasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud” — Obid Hakimov

    20.02.2023, 11:21

    O‘zbekiston—Fransiya qo‘shma universiteti tashkil etilishi kutilmoqda

    20.02.2023, 11:14

    O‘zbekistonda 21-fevral kuni 22 darajagacha iliq bo‘ladi

    20.02.2023, 10:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.