• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vazirlik Ibrohim Abdurahmonovning ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM yopilishi haqidagi gaplari yuzasidan tushuntirish berdi

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgandi. Uning rektor va masʼul prorektorlari bilan kengaytirilgan onlayn yig‘ilishda aytgan bu gaplari turli muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bu borada qo‘shimcha tushuntirish berdi.

    Imrohim Abdurahmonov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Vazir rektorlarga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ogohlantirish berarkan, bunda bir maqsad ko‘zlangan — ta’lim sifatini oshirish. Ya’ni bitiruvchilarni mehnat bozorida mavjud ish o‘rinlariga mos salohiyatga ega kadrlar sifatida shakllantirish OTMlarning bosh vazifasi bo‘lishi kerak”, — deyiladi bayonotda.

    Vazirlik dunyo tajribasida 60 foiz talabalar amaliyot o‘tagan joylarida talabalik davrlaridayoq ish joylarini topib bo‘lishini qayd etib, Garvard, Oksford, Kembrij kabi xorijdagi OTMlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha eng ilg‘orligi, shu sababli ham ularning nufuzi baland ekanini bildirib o‘tgan.

    “Misol qilib keltiradigan bo‘lsak, ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratib, yuksak natijalarga erishayotgan davlatlardan biri — Singapur. Singapurda oliy ta’limga mudofaa tizimi darajasida e’tibor berilishi diqqatga sazovordir, ya’ni qat’iy tartib-intizom, nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Singapurda ta’lim siyosati davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan baravar yurishi kerak, degan tamoyilga amal qilinadi.

    Ya’ni har bir OTM bitiruvchisi ish joyiga ega bo‘lishi shart. QS reytingiga ko‘ra dunyoda 11-o‘rin, Osiyoda 1-o‘rinni egallab kelayotgan Singapur milliy universiteti rahbarlari ularning birorta bitiruvchisi ishsiz emasligi aytib o‘tildi. Universitet bitiruvchilarining ishga joylasha olmasligi bu oliy o‘quv yurtining nufuzi, sha’ni va qadriyatlariga putur yetkazadi, deb hisoblanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Ta’kidlanishicha, OTMlar ish o‘rni mavjud bo‘lmagan sohalarda o‘qish tashkil etmaydi. Ta’lim dasturlari mavjud bo‘sh ish o‘rinlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Har bir universitet o‘z navbatida ishchi o‘rin uchun kurashadi. Bu ta’limda raqobat muhitini yaratadi.

    “Shundan kelib chiqib, majlisda bildirilgan fikr OTM rahbariyatining talabalarni ishga joylashga, yoshlarning ma’lum bo‘sh ish o‘rinlariga tayyor kadr bo‘lib yetishishlariga yordam berishga qaratilgan. Bunda oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining OTM bitiruvchilarini o‘zgaruvchan mehnat bozorida ish bilan ta’minlanishiga yanada mas’uliyat bilan qarashlari lozimligi nazarda tutilgan

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘z tasarrufidagi OTMlar rahbarlariga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriq berish va  ta’lim sifati past bo‘lgan OTMlarni  ogohlantirish vakolatiga ega”, — deyiladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarida.

    Qayd etish joiz, vazirlik dastlab e’lon qilgan xabarida bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi keltirilgandi. So‘ng unga tuzatish kiritilib, ogohlantirishda nodavlat OTM nazarda tutilgani ko‘rsatildi.

    Biroq vazirlikning yuqoridagi munosabatida o‘z tasarrufidagi OTMga ogohlantirish berish vakolati borligi yozilgan. Vazirlik tasarrufidagi oliygohlar esa davlat OTMlari hisoblanadi.

    14.02.2023, 20:31   Izoh (0)   5496
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Menga nisbatan bosim yoki qiynoq bo‘lmadi” – tovlamachilikda gumon qilinib, qamoqqa olingan jurnalist Xurshid Daliyev tergov qanday olib borilayotgani yuzasidan i...

    14.02.2023, 20:22

    O‘zbekistonning uch hududida 460 mln so‘mdan ortiq qalbaki pul tayyorlaganlar qo‘lga tushdi

    14.02.2023, 20:21

    Magistraturaga yanvar oyi uchun qabul natijalari tasdiqlandi

    14.02.2023, 20:10

    O‘zbekistonga yaponiyalik sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

    14.02.2023, 19:24

    Toshkentda aholidan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan qariyb 160 mln so‘mni o‘zlashtirgan shirkat rahbari ushlandi

    14.02.2023, 19:01

    Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining maxsus vakilini qabul qildi

    14.02.2023, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.