Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha WR Chess Masters musobaqasining 17-fevral kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Nodirbek Abdusattorov 2-turda rossiyalik Andrey Espienkoga qarshi dona surdi va g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu g‘alaba orqali u ochkolari sonini 1,5 taga etkazib oldi.
Nodirbek 1-turda Yan Nepomnyashiy bilan durang o‘ynagandi.
Abdusattorov keyingi turda amerikalik Levon Aronianga qarshi dona suradi.
Izoh (0)