• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Yunayted” yana “Kamp Nou”da. Yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan YCHL chempionligiga qadar

    Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/8 finaliga o‘tish o‘yinida “Barselona” va “Manchester Yunayted” jamoalari 16-fevral, payshanba kuni “Kamp Nou”da o‘zaro to‘qnash keladi.

    Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasining C guruhida 3-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga tushib ketgan edi. “Qizil iblislar” esa ushbu musobaqaning E guruhida 2-o‘rinni band etgandi. Qur’aga ko‘ra jamoalar bir-biriga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

    Ular Yevropa Ligasida ilk bor to‘qnash kelmoqda

    Foto: UEFA

    Yevropa Ligasining pley-off bosqichi qur’asi juda katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Yuventus” va “Ayaks” kabi katta jamoalar ham ushbu musobaqada ishtirok etmoqda. “Manchester Yunayted” va “Barselona” juftligi esa sifatli Yevrokuboklar haftaligini yana bir kunga uzaytirdi. 

    Menimcha, “Barselona” ham biz kabi bu o‘yinni finalda bo‘lishini afzal ko‘rgan bo‘lardi, — deydi mankunianlar bosh murabbiyi Erik ten Hag.

    “Manchester Yunayted” niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida Aleks Fergyuson davridan buyon bo‘lmagan barqaror ochko jamg‘arishni o‘rgandi. APL jadvalida “qizil iblislar” 3-o‘ringa mustahkam joylashgan, mavsum avvalidagi ikkita mag‘lubiyatdan va ishonchsiz o‘yindan so‘ng bunga ishonish qiyin edi. “Manchester Yunayted” — joriy mavsum 4 ta musobaqada ham ishtirokini davom ettirayotgan yagona klub. Ten Hag shubhasiz to‘g‘ri yo‘lda. 

    Ularga qarshi o‘yin qiyin kechadi, — dedi “Barselona” bosh murabbiyi Xavi raqib haqida.
     

    Foto: Getty Images

    O‘z navbatida “Barselona” Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda. “Real” bilan oradagi farq 8 ochko. Kataloniyaliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 11 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Ko‘k-anorranglilar” so‘nggi bor 2022-yil oktabr oyida YCHL doirasida “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lgandi. Xavi “Barselona”da sifatli ishni amalga oshirmoqda. 

    “Barselona” va “Manchester Yunayted”ning yo‘llari Chempionlar Ligasida tez-tez kesishib turadi. Ikki marta guruh bosqichida (1994/95, 1998/99-yilgi mavsumlar) o‘zaro to‘qnash kelgan. Pley-off bosqichi esa (2007/08 va 2018/19-yilgi mavsumlar) hali xotiralardan o‘chmadi. Pep Gvardiola Aleks Fergyusondan bir bosh ustunligini isbotlagan finallar esa (2008/09 va 2010/11) tarixga muhrlangan. 

    “Manchester Yunayted” Kataloniya poytaxtiga mehmon bo‘lgan o‘yinlarni yodga olamiz. 

    YCHL 1994/95-yilgi mavsum. Guruh bosqichi. 4-tur. “Barselona” 4:0 “Manchester Yunayted”

    Foto: Getty Images

    O‘sha vaqtlarda Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 16 ta jamoa ishtirok etgan. Barcha ishtirokchilar — o‘z mamlakatlarining chempionlari. “Yunayted” “Barselona”, “Gyoteborg” va “Galatasaroy” bilan bir guruhga tushdi.

    Ser Aleks shogirdlari guruh bosqichini “Gyoteborg” ustidan 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Istambuldagi 0:0 hisobida durangdan so‘ng 3-turda “Barselona”ni qabul qilishi kerak edi. “Old Trafford”da o‘tgan o‘yin durang (2:2) bilan yakunlangan. 

    Oradan 2 hafta o‘tib, mankunianliklar “Kamp Nou”da mehmon bo‘lgan. “Barselona”ni faqatgina g‘alaba qoniqtirar edi. Boshqa har qanday natija Yohan Kroyff jamoasining pley-offga chiqish vazifasini murakkablashtirardi. 

    Mehmonlar safida hamon Erik Kantona yo‘q edi. Fransuz bir yil avval Chempionlar Ligasining “Galatasaroy”ga qarshi javob o‘yinida politsiya bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuv uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. 

    Mezbonlarda esa ilk daqiqalardanoq bosh murabbiyning o‘g‘li Yordi Kroyff maydonda ko‘rinish berdi. 20 yoshli futbolchi 60 daqiqa harakat qildi. Uning faol harakatlari evaziga “Barselona” raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan.  

    Foto: Getty Images

    Ispaniyadagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted”ning Shvetsiyaga safari ham omadsiz kechdi. Jamoa “Gyoteborg”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada mankunianliklar guruhda 3-o‘rinni egalladi. Ketma-ket ikkinchi yil “Manchester Yunayted”ning Yevrokuboklardagi yurishi ko‘ngildagidek o‘tmadi.  

    YCHL 1998/99-yilgi mavsum. Guruh bosqichi. 5-tur. “Barselona” 3:3 “Manchester Yunayted”

    O‘sha mavsumda guruh bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etgan. G‘oliblar to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga yo‘l olardi. Ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi ikki jamoa esa keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib borgan. “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Barselona” va “Brondbyu” — norasmiy ravishda nomlangan “o‘lim guruhi”. 

    Foto: Twitter

    “Old Trafford”da o‘tgan dastlabki turdayoq jamoalar 3:3 hisobini qayd etdi. “Manchester Yunayted” guruh bosqichida juda ko‘p gol urardi, shu bilan birga o‘z darvozasidan juda ko‘p to‘p olib chiqardi. Lui van Gal qo‘l ostidagi “Barselona” esa barqaror o‘yin namoyish etmasdi. Ispaniyaliklar ikkita o‘yindayam “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lib, o‘z vazifasini qiyinlashtirgan. “Kamp Nou”da esa ularga faqatgina g‘alaba kerak edi. 

    Natija: birinchi turdagi hisob yana bir bor qayd etilib, katalonlar musobaqadan chiqib ketgan. Tarkibida 2 nafar “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan klubga 100 yoshini o‘z maydonida g‘alaba bilan nishonlash nasib etmagan. 

    “Manchester Yunayted” o‘sha mavsumda yana bir bor Barselonaga tashrif buyurgan va finalda “Bavariya” ustidan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgan. 

    Foto: Getty Images

    Bu eng katta muvaffaqiyat deb o‘ylayman. Guruh bosqichida “Bavariya” va “Barselona” kabi jamoalar bilan to‘qnashdik, yo‘limizda davom eta oldik. Qo‘l ostimda “Manchester Yunayted” ilk bor Chempionlar Ligasini sohibiga aylandi va bu hayotimizdagi eng muhim o‘yin edi, — degan edi 1999-yilgi finaldan keyin Aleks Fergyuson.
     

    YCHL 2007/08-yilgi mavsum. Pley-off. Yarim final. “Barselona” 0:0 “Manchester Yunayted”

    15 yil oldin Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ilk bor maydonda to‘qnash kelgan. Portugaliyalik “Manchester Yunayted” safida aqlbovar qilmas mavsumini o‘tkazgan, barcha musobaqalarda 40 dan ortiq gol urgandi. Argentinalik esa endigina o‘z yo‘lini boshlayotgan edi. 20 yoshli vunderkindning “gol+pas” tizimida 30 ochko jamg‘arishi g‘ayrioddiy futbolchi o‘sib kelayotganining isboti edi. 

    Foto: Getty Images

    Mankunianlar Premyer Ligada ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Frank Raykard boshchiligidagi “Barselona” esa Ispaniya chempionatida 4 o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayotgan edi. 

    O‘yinning 2-daqiqasidayoq 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Biroq “Manchester Yunayted”ning 7-raqamli futbolchisi hisobni ocholmadi. Uchrashuv yakunida qayd etilgan 0:0 hisobi ikkala jamoa uchun ham yaxshi imkoniyatni qoldirdi. 

    Foto: Getty Images

    “Old Trafford”da o‘tgan javob o‘yinida Pol Skoulz tomonidan urilgan ajoyib gol qarama-qarshilik taqdirini hal qildi. “Manchester Yunayted” finalga yo‘l oldi va o‘z tarixidagi uchinchi YCHL kubogiga ega chiqdi. 

    “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatdan 10 kun o‘tib, Xoan Laporta keyingi mavsumdan Raykard o‘rnini Pep Gvardiola egallashini e’lon qilgandi. 

    YCHL 2018/19-yilgi mavsum. Pley-off. 1/4 final. “Barselona” 3:0 “Manchester Yunayted”

    Ingliz klubining kataloniyaliklar poytaxtiga so‘nggi tashrifi muxlislar yodida uzoq saqlanib qolishi gumon. “Park de Prens”dagi fransuz ertagi Ispaniyada davom ettirilmadi.

    Foto: Getty Images

    Sulsher “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga kelgach, ketma-ket 11 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etib, jamoaning ruhiyatini ko‘targan edi. “PSJ” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng rahbariyat norvegiyalik mutaxassisni doimiy murabbiylikka tasdiqladi. Qizig‘i, shartnoma imzolangandan so‘ng jamoaning natijalari keskin ravishda pasayib ketdi. 

    “Manchester Yunayted” uy uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. Javob o‘yinida esa Lionel Messi dastlabki 20 daqiqa ichida dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Koutinyo tomonidan urilgan gol esa yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

    Foto: Getty Images

    Mankunianlar “Barselona”ni “Kamp Nou”da hech qachon mag‘lub eta olmagan. 1999-yilgi Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya” ustidan qozonilgan g‘alaba “qizil iblislar” uchun Barselona bosh arenasidagi yagona yutuqligicha qolmoqda. Erik ten Hag tarixga kirishi uchun yana bir imkoniyat.

    16.02.2023, 21:41   Izoh (0)   6893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH, Shvetsiya va boshqa qator mamlakatlar O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha JCH—2023 ga boykot e’lon qildi. Qozog‘iston terma jamoasi esa qatnashishini ma’lu...

    16.02.2023, 20:09

    WR Chess Masters. Bugun Nodirbek Abdusattorov yana bir nufuzli musobaqadagi ishtirokini boshlaydi

    16.02.2023, 13:02

    Rasman: “Spetsiya” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

    16.02.2023, 10:28

    O‘zbekiston Superligasining transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda sodir bo‘lgan transferlar bitta sahifada 

    16.02.2023, 04:02

    La Liga. “Real” qoldirilgan tur o‘yinida autsayderni tor-mor etdi 

    16.02.2023, 03:06

    YCHL. “Borussiya D” “Chelsi” ustidan minimal g‘alabaga erishdi, “Benfika” safarda “Bryugge”ni mag‘lub etdi 

    16.02.2023, 02:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.