Ukraina elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 16-fevral kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi. O‘zbekiston—Ukraina hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh (0)