O‘zbekiston Superligasining transfer oynasi 15-fevral, chorshanba kuni yopildi. Quyida dedlayn kuni yuz bergan asosiy transferlar taqdim etilgan.
- Toshkentning “Paxtakor” jamoasi transfer oynasining so‘nggi kunida Sardor Rashidov bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Qayd etib o‘tish joiz, Rashidov 2022-yilgi mavsumning birinchi davrasida ham “sherlar” safida harakat qilgan, biroq ikkinchi davrani Qatarning “Umm Salal” jamoasida o‘tkazgan edi.

- “Neftchi” jamoasi ukrainalik futbolchi Yuriy Batyushinni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ayni paytda futbolchining transfer narxi 250 ming yevroni tashkil etadi.
- “Andijon” dedlayn kuni albaniyalik Rubin Hebay bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Hujumchi bunga qadar Albaniya oliy ligasining “Teuta” jamoasida to‘p surgan va 20 ta uchrashuvda 10 ta golga mualliflik qilgan.
- “Surxon” 14-fevral kuni himoyachi Artyom Filiposyan transferini e’lon qildi. O‘z davrida Filiposyan O‘zbekiston Milliy terma jamoasida ham o‘ynagan (13 ta uchrashuv).

- “Turon” transfer oynasining so‘nggi kunida 3 nafar legionerni jamoaga olib keldi. Bular serbiyalik Milan Bojovich, chernogoriyalik Nikolo Kumburovich va gruziyalik Zakariya Beglarishvili.
- “Buxoro” klubi moldovalik Vsevolod Nixayev bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)