• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hakim Ziyoshdan Nikolo Zaniologacha. Ushbu qishki transfer oynasida klubini almashtira olmagan futbolchilar

    Futbol bo‘yicha 2022/23-yilgi mavsum qishki transferlar oynasi yakunlandi. Yanvar oyi natijalaridan barcha klub va futbolchilar qoniqish hosil qilmadi. Ko‘plab transferlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ba’zi kelishuvlar faqat og‘zakiligicha qoldi. Quyida yanvar oyida amalga oshishi kutilgan, biroq natijasiz tugagan transferlar haqida so‘z boradi.

    Milan Shkrinyar (“PSJ”ga o‘ta olmadi)

    “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarning nihoyasiga yetayotgan shartnomasi hisobga olinsa, uning “PSJ”ga o‘tishi aniqdek tuyulgandi. Parijliklar ham 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligini yashirmadi. Shkrinyarning o‘zi klublar muzokara o‘tkazayotganini tasdiqladi. Slovakiyalik futbolchi bir oyog‘i bilan “Park de Prens”da edi. Lekin ushbu transfer amalga oshmadi. “Nerazzuri” uning o‘rniga munosib o‘rinbosar topa olmagani uchun Milanni qo‘yib yubormadi. Ushbu hikoya ijobiy yakun topmadi: Fransiya chempioni himoyachini qo‘ldan chiqardi, Shkrinyardan esa “Inter”dagi sardorlik bog‘ichi olib qo‘yildi.  

    Sofyan Amrabat (“Barselona”ga o‘ta olmadi)

    Foto: Getty Images

    “Fiorentina” yarim himoyachisi Sofyan Amrabatning “Barselona”ga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyat qisqa metrajli filmni yodga soladi. Italiya klubi sport direktori Daniel Pradening so‘zlariga ko‘ra, barcha ertalab soat 10:00 da boshlanib, yarim tunda o‘z nihoyasiga yetgan. Futbolchi “Barselona”ga o‘tish uchun mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortganidan so‘ng “Fiorentina” ham uni tarkibdan chetlashtirgan. Biroq transfer amalga oshmagach, Amrabat uzr so‘ragan.  

    Xulian Arauxo (“Barselona”ga o‘ta olmadi)

    Transfer oynasi yakunlanishi arafasida kataloniyaliklar Ektor Belyerinni “Sporting”ga qo‘yib yubordi. “Ko‘k-anorranglilar” uning o‘rnini “Los-Anjeles Gelaksi” himoyachisi Xulian Arauxo bilan to‘ldirishni maqsad qilgan edi. Tomonlar muzokaralarni yakunlagan, barchasi kelishilgan edi, biroq transfer amalga oshmadi. Katalonlar transferni rasmiylashtirishga 18 soniyaga kechikdi va 21 yoshli iqtidor egasidan quruq qoldi. Xuddi shunga o‘xshash vaziyat 2017-yilda “Lester” bilan ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda “tulkilar” Adrien Silvaning transferini rasmiylashtirishga 14 soniya kechikkandi. Ikkala vaziyatda ham FIFA transferlarni ro‘yxatga olmagan. 

    Nikolo Zaniolo (“Milan”ga o‘ta olmadi)

    Foto: “Roma”

    “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo bilan bog‘liq vaziyat qishki transfer oynasida Italiyada eng ko‘p muhokama qilindi. Futbolchi Rim klubini tark etishini ma’lum qildi, lekin yakunda hech qayerga keta olmadi. 23 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Milan” va “Bornmut” asosiy da’vogar edi. Futbolchi “rossoneri” tarkibiga o‘tmoqchi edi, mish-mishlarga qaraganda, og‘zaki kelishuv ham amalga oshgan. Lekin inglizlar rimliklarga yaxshiroq taklif bilan chiqqan. Italiyalik esa APLning autsayderi tarkibiga o‘tishdan bosh tortgan. Zaniolo oxirida rahbariyat tomonidan tanqid va muxlislar g‘azabidan boshqa narsaga erishmadi. 

    Nikolo baribir “Roma”ni tark etdi hamda Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 

    Hakim Ziyosh (“PSJ”ga o‘ta olmadi)

    Foto: Getty Images

    Qishki transfer oynasida parijliklarning omadi kelmadi. Dastlab, “Inter”dan Shkrinyar transferi uchun rad javobini olgan bo‘lsa, keyinchalik “Chelsi” vingeri Hakim Ziyosh bilan ham shartnoma imzolay olmadi. “PSJ” barchasiga “aristokratlar” aybdorligi borasida bayonot berdi. Londonliklar “Benfika” a’zosi Enso Fernandes transferiga diqqatini qaratib, parijliklarga Ziyoshning transferi bo‘yicha noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni yuborgan. Inglizlar barcha hujjatlarni to‘g‘rilaganda esa kech bo‘lgan. Grem Potter qo‘l ostida o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramasdan marokashlik futbolchi hamon “Chelsi”ni tark etish niyatida. 

    Moyses Kaysedo (“Arsenal”ga o‘ta olmadi)

    “Arsenal” yanvar oyida “Brayton” vingeri Leandro Trossardni 24 million yevro evaziga xarid qildi. Futbolchining bosh murabbiy Roberto de Zerbi bilan ziddiyatga borgani transfer tezroq amalga oshishiga turtki bo‘ldi. “Kanonirlar” transfer oynasiga yakunlanishi arafasida “chaykalar”ning yana bir futbolchisi Moyses Kaysedoni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. “Arsenal” 21 yoshli xavbek uchun Trossardga to‘lagan pulidan ko‘proq narx taklif qilgan. Biroq “Brayton”ni bu qoniqtirmagan. Ekvadorlik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan xayrlashishga ishora ham qilayotgan edi. De Zerbi Kaysedo jamoaning muhim futbolchisi ekanligini ta’kidlaganidan so‘ng rahbariyat mutaxassisning aytganini qilishga qaror qildi. 

    Yannik-Ferreyra Karrasko (“Barselona”ga o‘ta olmadi)

    Foto: Getty Images

    Kataloniyaliklarning qishdagi asosiy maqsadlaridan biri “Atletiko” futbolchisi Yannik Karraskoni o‘z safiga qo‘shib olish edi. Dastlab, “ko‘k-anorranglilar” Memfis Depay transferiga Karraskoni qo‘shishni taklif qildi, biroq “matraschilar” buni rad etdi. “Barselona” 29 yoshli belgiyalikni sotib olishga ham tayyor edi, lekin bu ham amalga oshmadi. Karrasko ham “Barselona” safiga o‘tishga roziligini bildirgan edi. Ushbu transfer yozda amalga oshishi mumkin. 

    14.02.2023, 23:02   Izoh (0)   4263
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropada bugun qishki transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda sodir bo‘lgan transferlar bitta sahifada

    01.02.2023, 07:32

    Shomurodov, Sabiri, Barak. A Seriya 2022/23-yilgi mavsum qishki transfer oynasidagi eng qimmat transferlar o‘nligi

    13.02.2023, 19:54

    BAA chempionati. Azizjon G‘aniyev gol urgan o‘yinda “Shabob al-Ahli” autsayder ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi 

    14.02.2023, 20:24

    Messi, Ronaldu, Mbappe va yana 23 futbolchi. FIFA talqiniga ko‘ra yil ramziy terma jamoasiga kirishga da’vogar o‘yinchilar

    14.02.2023, 18:03

    Turkiyadagi mehmonxonada rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi

    14.02.2023, 13:52

    Parijda bo‘lib o‘tgan YCHL finali oldidan yuz bergan tartibsizliklarda UEFA bosh aybdor deb topildi

    14.02.2023, 11:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.