Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaga tinchlik muzokaralari nima uchun kerakligini aytdi. Siyosatchi Twitter’dagi sahifasida bu bo‘yicha ma’lumot qoldirdi.
Siyosatchining qayd etishicha, Rossiya doimiy ravishda tinchlik muzokaralari haqida gapirish orqali e’tiborni safarbarlik, kuchlarni to‘plash va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni sekinlashtirishni nazarda tutadi. Podolyak Rossiya tomonidan ilgari surilayotgan “muzokaralar tashabbusi” e’tiborni keyingi bosqinchilik harakatlarini tayyorlashdan chalg‘itish yo‘li ekanini aytdi.
“Birinchidan, Rossiya muzokara niqobi ostida resurslarni yig‘ishga va safarbarlikka e’tibor qaratmoqda. Ikkinchidan, u Ukrainaga harbiy yordam, jumladan, tanklar, raketalarni yetkazib berishni sekinlashtirishga harakat qilmoqda. Hech qachon Rossiyaga quloq solmang”, — deya qo‘shimcha qildi Podolyak.
Izoh (0)