• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    XX asrning eng sirli ayollaridan biri Mata Xarining hibsga olinishi, Dohada portlatib yuborilgan Yandarbiyev hamda xiyonati uchun qatl etilgan ingliz qirolichasi. Kun xronologiyasida 13-fevral

    13-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan XX asrning eng sirli ayollaridan biri Mata Xarining hibsga olinishi, Dohada portlatib yuborilgan Yandarbiyev hamda xiyonati uchun qatl etilgan ingliz qirolichasi oid faktlar o‘rin olgan.

    XX asrning eng sirli ayollaridan biri bo‘lgan Mata Xari

    1917-yil 13-fevral kuni Parijda josus, raqqosa, yengiltabiat va XX asrning eng sirli ayollaridan biri bo‘lgan Mata Xari hibsga olingan edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Margareta Gertruda Zelle 1876-yilda Niderlandiyaning Leuvarden shahrida shlyapa do‘koniga ega o‘ziga to‘q oilada dunyoga kelgan. Margerataning bolaligi to‘kin-sochin o‘tgan, biroq bu uzoq davom etmagan: qiz 13 yoshga to‘lganida otasi bankrotlikka uchragan va rafiqasi bilan ajrashgan. Oradan ikki yil o‘tgach Margaretaning onasi vafot etgan va u avvaliga Snek shahrida o‘qishga yo‘l olgan, keyinroq bog‘cha tarbiyachisi bo‘lish uchun Laydenga jo‘natilgan. Ammo ta’lim muassasasi direktori darsdan tashqari munosabatlarni talab qila boshlagan va Margaretaning cho‘qintirgan otasi uni uyiga olib kegan. Aftidan, u yerdan sharoit ham yaxshi bo‘lmagan, chunki bir necha oydan keyin qiz Gaagadagi amakisinikiga qochib ketadi.

    18 yoshida Margaret e’lon bo‘yicha 39 yoshli kapitan Rudolf MakLeod bilan tanishib qolgan, ular Amsterdamda nikohdan o‘tishgan va Indoneziyaga jo‘nab ketishadi. Ular ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan: o‘g‘il — noma’lum sabablarga ko‘ra ikki yoshida vafot etadi, qizi esa 21 yil umr ko‘rgan. Oilaviy hayot mojarolarga to‘la bo‘lib chiqadi: Rudolf ichkilikka ruju qo‘ygan, rafiqasiga xiyonat qiladigan va uni muntazam tahqirlab keladigan erkak edi. Yava orolida yashagan vaqtlarida Margareta boshqa bir golland ofitserinikiga ko‘chib o‘tadi, keyinroq Rudolf uni oilaga qaytarib olib kelgan bo‘lsada, juftlik 8 yildan keyin ajrashib ketgan.

    Shaxsiy hayotida qoniqmagan Margareta asosiy e’tiborni Indoneziya madaniyatiga, xususan, milliy raqslariga qaratadi. O‘shanda u Mata Xari tahallusini olgan: malaychada bu “Quyosh”, “Kun ko‘zi” degani.

    Er va farzandsiz qolgan (ajrimdan keyin Rudolf qizni o‘zi bilan olib qoladi) Mata Xari Parijga ko‘chib o‘tadi. Undan nima uchun aynan bu shaharni tanlaganini so‘rashganida, shunday javob qaytargandi: “Bilmayman, ammo eridan qochgan barcha ayollarni Parij o‘ziga tortadi”.

    Mata Xari naturachi bo‘lib ishga joylashmoqchi bo‘ladi, biroq ko‘plab rassomlardan rad javobini olgan: ayolning jussasi kichik edi. O‘shanda u Molye sirkida chavandoz bo‘lib ishlaydi. 1905-yildan esa ekzotik raqqosa sifatida chiqishlar qiladi. Ayolning debyuti “Myuze Gime” sharqiy san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi. Yaponiya va Germaniya elchilari, shuningdek, boshqa yuqori martabali amaldorlar qarshisidagi chiqishi davomida Mata Xari butunlay kiyimlarini yechib tashlagan.

    Margareta kerakli vaqtda kerakli joyga borgandi. Yevropa balet va uning turlariga bog‘liq har qanday yangilikka qiziqish bilrayotgan davr edi. Mata Xarining chiqishidan keyin paydo bo‘lgan ajiotaj u haqidagi ko‘plab afsonalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.La Vie Parisienna gazetasi “Mata Xari ushbu haqiqiy braxmanlar raqsini Yavadagi eng yaxshi rohibalardan o‘rgangan. Bu raqslar sir saqlanadi. Ibodatxonalar tubida ularni faqat braxminlar va devadasilar kuzatishi mumkin”, deb yozgandi. Mata Xarini ibodatxonada raqs o‘rganganidan tashqari, Hindiston imperatori Eduard VII ning nikohsiz tug‘ilgan qizi ham deyishgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Mata Xari ismi sigaret, pechenye qutilarida, pochta otkritkalarida paydo bo‘la boshlagan. Uning otasi tomonidan yozilgan “Qizimning tarixi va uning sobiq turmush o‘rtog‘iga e’tirozlarim” kitobi ayolga yanada mashhurlik olib kelgan.

    Mata Xarining sobiq eri uni raqsga tushishni bilmaslikda va yassioyoqlikda ayblab kelardi. Umuman olganda uni yoqtirib qolgan erkaklar yuboradigan gonorarlar va hashamatli sovg‘lardan tashqari ayolning ortiqcha boyligi bo‘lmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mata Xari karta o‘yinlariga mukkasida ketgan va barcha daromadlarini unda boy berib kelgan.

    1906-yil yozida Mata Xari Berlinda chiqish qilgan vaqtida leytenant Alfred Kipert bilan tanishib qolgan va u ayolni harbiy manyovrlar o‘tkazilayotgan Sileziyaga taklif etadi. Ammo erkakni bir necha bor rus razvedkasiga aloqadorlikda gumonlab qo‘lga olishadi va Mata Xari Niderlandiyaga qaytib ketishga qaror qiladi.

    Birinchi jahon urushida Niderlandiya betaraflikni saqlab qolgan, tabiiyki Mata Xari turli davlatlararo bemalol harakatlana olgan. Ammo Fransiya va Niderlandiya front chizig‘i bilan ajralgani bois ayol u Parijga Ispaniya va Buyuk Britaniyani kesib o‘tib boradi. Nemis maxsus xizmatlari Mata Xarini qachon va qanday usulda o‘ziga og‘dirib olgani noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra, u urushdan ancha oldin nemis agentiga aylangan bo‘lishi mumkin.

    Foto: Wikimedia Commons

    Nima bo‘lganda ham uning muntazam turli davlatlararo safarlari va raqqosaning o‘ynashlaridan maxfiy ma’lumotlar tarqalib ketishi fransuz maxsus xizmatlari e’tiborini tortgan. Mata Xari o‘zining Germaniya bilan aloqasi borlikda gumonlanayotganidan xabar topib, Fransiya kontrrazvedkasiga keladi va o‘z xizmatlarini taklif etadi. H-21 shartli nomini olgan Xariga Madridga yo‘l olish topshiriladi. Ammo keyinroq fransuzlar Xariga yuborilgan shifrlangan xabarni qo‘lga kiritadi — unda raqqosaning Parijga qaytishi kerakligi aytilgandi. Mata Xari rostdan ham Fransiya poytaxtiga qaytayotgani ma’lum bo‘lgach, unga nisbatan bo‘lgan gumon tasdiqlanadi.

    1917-yilda Mata Xari Parijda hibsga olinadi va Sen-Lazere qamoqxonasiga joylashtirilgan. To‘rt oylik so‘rovdan keyin ayol “Germaniya ofitserlari bilan ishqiy aloqadan boshqa hech qanaqa bog‘liqligi bo‘lmaganini” ta’kidlagan. Iyul oyida u dushman tarafga bir necha diviziya askarlar o‘limiga olib kelgan ma’lumotlarni berganlikda ayblanadi.

    15-oktabr tongida Mata Xari Parij yaqinidagi otish maydoniga olib chiqiladi. U ko‘zlari va qo‘llarini bog‘lamasliklarini so‘ragan. Ayol jallodga bo‘sa yuborib, “Men tayyorman, janoblar”, degan. Josus yerga yiqilganidan keyin ofitserlardan biri uning yoniga borib, o‘limiga ishonch hosil qilish uchun gardaniga yana bir o‘q uzgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Dohadagi masjiddan chiqqan Yandarbiyevning portlatib yuborilishi

    2004-yil 13-fevral kuni Qatarda Ichkeriya prezidenti Zelimxon Yandarbiyevga suiqasd uyushtirilgan edi. Yandarbiyev Doha markazidagi masjidda juma namozini ado etib qaytayotganida avtomobilining portlatib yuborilishi oqibatida vafot etgan. Portlovchi qurilma uning shaxsiy avtomobili ostiga qo‘yilgandi.

    Foto: AP Photo

    Zelimxan Yandarbiyev — chechen separatizmining yorqin tarafdolaridan biri, o‘zini o‘zi mustaqil deya e’lon qilgan Ichkariya prezidenti vazifasini bajaruvchi. Zelimxonning ota-onasi Qozog‘istonga surgun qilingan chechenlardan edi. Checheniston mustaqilligi uchun kurashchi ham ushbu davlatda dunyoga kelgan. 1957-yili Chechen-Ingushetiya qayta tiklangach, Yandarbiyev ota-onasi bilan tarixiy vataniga qaytadi.

    17 yoshida u o‘z mehnat faoliyatini hunardmand va g‘isht teruvchi sifatida boshlaydi, 20 yoshida armiyaga chaqirilgan. Xizmatdan qaytgach ikki yil davomida burg‘ulovchining yordamchisi bo‘lib ishlagan. Ammo Zelimxonning mutlaqo boshqa yo‘nalishda iqtidori bor edi. U Chechen-Inguch filologiya fakultetiga “Chechen tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha sirddan o‘qishga kiradi. O‘qish davomida u turli rejalar tuzib, she’rlar yozgan. Aynan shu vaqtda u o‘z hayotini adabiyotga bag‘ishlashga qaror qiladi.

    1981-yilda institutni tamomlagan Yandarbiyev musahhih bo‘lib ishga joylashadi, keyinroq Chechen-Ingus kitob nashriyotining ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘iga aylangan. “Komsomol bileti” bilan yozuvchi SSSR Yozuvchilar uyushmasi Badiiy adabiyot targ‘iboti qo‘mitasi raisligiga osonlikcha ko‘tariladi.

    Qayta qurish davrida Yandarbiyev adabiyot bilan siyosiy-jamoatchilik faoliyatini ham bir vaqtda olib borgan. 1989-yilda u Chechen-ingus SSR Yozuvchilar uyushmasida adabiyot yo‘nalishida maslahatchi va “Ittifoq” siyosiy tashkiloti raisiga aylangan. SSSR tarqalib ketgach, barchasi tubdan o‘zgargan. Yandarbiyev o‘zini butunlay Checheniston mustaqilligi uchun kurashga bag‘ishlagan, Rossiya federal kuchlariga qarshi jangovar qarshiliklarda faol qatnashgan. Xususan, 1995-yil yanvarida u Grozniydagi markaziy mudofaa qismini boshqargan.

    Foto: “TASS”

    1996-1997-yillar davomida Yandarbiyev o‘zini o‘zi mustaqil deya e’lon qilgan Chechen Respublikasining rahbariga aylangan. 1996-yil 3-oktabr kuni Checheniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Yandarbiyev Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiyaga boshchilik qilgandi.

    Birinchi chechen urushidan keyin Zelimxon tez-tez Yaqin Sharq davlatlariga tashrif buyuradi va qanchadir vaqt BAAda yashaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Yandarbiyev u yerda Chechenistondagi separatizmni qo‘llab-quvvatlovchilardan katta homiylik yordamlarini oladi. “Men sobiq prezident va mujohidlar vakili sifatida siyosat bilan shug‘ullanmoqdaman”, — degan edi Yandarbiyev o‘zi haqida.

    Foto: Wikipedia

    2001-yil 9-oktabrda Yanvarbiyev Masxadov va Zakayev kabi chechen seperatchilari bilan bir qatorda Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. 2004-yil 13-fevral kuni u Dohadagi masjiddan qaytayotganida avtomobilida portlatib yuborilgan.

    Xiyonatda ayblanib, qatl etilgan ingliz qirolichasi

    1542-yil 13-fevral kuni Tauerda Angliya qiroli Genrix VIII ning beshinchi xotini Ketrin Govard qatl etilgandi. U eriga xiyonat qilishda ayblanib, boshi tanasidan juda qilingan ikkinchi ingliz qirolichasi hisoblanadi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Qirol Genrix to‘rtinchi rafiqasi Anna Klevskaya bilan uzoq yashamagan. U qizga maslahatchisi Tomas Kromvelning taklifi bilan uylangan va bo‘lajak rafiqasining faqat portretda ko‘rgan. 1539-yil oxiriga kelib qirol Klevskaya bilan uchrashadi va qiz unga ma’qul bo‘lmaydi. U kartinada tasvirlanganidek oppoq hurliqo emasdi. Qirol uni “flamand biyasi” deb atab, uni ko‘rganida jirkanish va achinishni his qilishini bildirgan.

    Klevskaya mulozimlari orasida go‘zal ayollar ko‘p bo‘lib, ular orasida Keyt Govard ham bor edi. Uni 1539-yilda gersok Tomas Norfolkning saroyiga yuborishgan. Norfolk qirol o‘z jiyaniga e’tibor qaratayotganini payqab qolgan.

    Klevskaya ajrimdan keyin Londonda “qirolning singlisi” maqomida yashashni davom ettirgan. 1540-yil iyulda qirol Ketrin Govardga uylangan. To‘ydan keyin saroyda qirolning ikkinchi rafiqasi Anna Boleyn qatl etilganidan beri to‘xtab qolgan yana musobaqalar, ballar va turli tadbirlar boshlangan. Qirol yosh rafiqasini yaxshi ko‘rar va uni “tikonsiz atirgul” deb atardi.

    1541-yil boshida Govard Tomas Kalpeper bilan ishqiy munosabatlarga kirishadi. U qirolning paji (o‘rta asrlarda zodagonlar yoki podsho huzurida xizmat qiluvchi o‘g‘il bola) sifatida xizmat qilardi. Keyinroq saroyda sobiq kavalyer Frensis Ferem paydo bo‘lgan va qirolicha uni shaxsiy kotiblikka yollagan.

    1541-yil 2-noyabrda Genrix VIII ning ajrashishidan manfaatdor bo‘lgan arxiyepiskop Kenterberriyskiy qirolga maktub yo‘llaydi. Unda Govard qirolga xiyonat qilayotgani va buni isbotlovchi dalillar borligi yozilgandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    G‘azab otiga mingan qirol yig‘lashga tushadi va turmushidagi doimiy omadsizlikdan shikoyat qila boshlaydi. Erkak Govardni o‘z xonasiga qamashni buyurgan. Tergov boshlanadi va Derem barchasini tan olgan. Bu ham yetmaganidek u Kalpeper ismini ham tilga oladi va kotib ham so‘roq qilinadi. Tergovga jalb etilgan Ketrin Derem bilan to‘ydan oldin munosabatda bo‘lganini, biroq hech qachon o‘zini uning kelini sifatida hisoblamaganini aytgan.

    Kalpeper qiynoqlar ostida Ketrin bilan jinsiy aloqaga kirishganini, qirolichaning o‘zi buni xohlaganini tan olgan. Hibsga olinib, so‘roq qilingan Rochford xodim ham Kalpeper va Ketrin bir-biriga jazman bo‘lganini tasdiqlagan.

    23-noyabr kuni qirolicha barcha unvonlaridan mahrum etiladi.

    1542-yil 11-fevral kuni u Tauerga ko‘chirib o‘tkazilgan, ikki kundan keyin Govard omma oldida boshi tanasidan judo etilgan. Bundan bir necha kun oldin Kalpeper va Derem ham qatl etilgandi.

    Ayol jallod kundasi tomon borayotganida o‘ziga berilgan jazoni “adolatli” deya hisoblagan. Keng tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, Govardning so‘nggi so‘zlari quyidagicha bo‘lgan: “Men qirolicha sifatida vafot etyapman, ammo Kalpeperning rafiqasi sifatida o‘lishni ma’qul ko‘rardim”.

    Foto: Wikimedia Commons
    13.02.2023, 09:12   Izoh (0)   16491
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSSR fuqaroligidan mahrum etilib, surgun qilingan Soljenitsin, Gaagada sudi boshlangan sobiq prezident Miloshevich va muzeydan o‘g‘irlab ketilgan “Qichqiriq”. Kun

    12.02.2023, 09:12

    Yel universiteti professori Yaponiyada qariyalarni ommaviy o‘z joniga qasd qilishini taklif qildi. U nimani nazarda tutdi?

    13.02.2023, 08:31

    Ilon Maskning miya chipi ishlab chiqaradigan kompaniyasiga qarshi tekshiruv boshlandi

    13.02.2023, 08:23

    “Tolibon” harakati Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashladi

    12.02.2023, 23:01

    Ramzan Qodirov chechen harbiy bo‘linmalari Amerikaga ham borishi mumkinligini aytdi 

    12.02.2023, 21:41

    Olimlar yadroviy apokalipsisdan omon qolish mumkin bo‘lgan mamlakatlarni aytdi

    12.02.2023, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.