• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Uzoqqa kelin bo‘lib onamni kuydirganman. Ular to‘yimga borishni istamagan”. Sayyora Qoziyeva oilasi va hayotdagi armonlari haqida (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyoza Qoziyeva “Sevimli” telekanalining “O‘zim” ko‘rsatuviga bergan intervyusida oila a’zolari san’atkor bo‘lishiga qarshi bo‘lgani, hayotdagi armonlari, onasi to‘yiga bormagani va vohadan vodiyga kelin bo‘lgani haqida gapirib berdi.



    “O‘zimni hali ham maktabda o‘qib yurgan qizaloqdek his qilaman”

    Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilib, yaxshi-yomon kunlarim o‘tgan. Eslasam har xil gap-so‘zlar yodimga tushadi. O‘zim tug‘ilib o‘sgan Boysunni eslaganimda ko‘zimda yosh qalqiydi. To‘g‘ri, ulg‘aydim, lekin haligacha bolaligim qalbimning tub-tubidan meni tark etmagan. O‘zimni hali ham maktabda o‘qib yurgan qizaloqday his qilaman. Yoshlik o‘lgunimcha meni tark etmaydi.

    “Oila a’zolarim san’atkor bo‘lishimga mutlaqo qarshi bo‘lgan”

    Menga birinchi navbatda oilamning tinchligi, bolalarim, turmush o‘rtog‘im muhim. Bulardan keyingi o‘ringa san’atni qo‘yganman. Mening kichkinagina, Alloh bergan jussamga yarasha ovozim bor. Ming shukr, shu ovozim bilan necha yillardan buyon xalqimiz xizmatidaman, e’tiboridaman, e’tirofidaman va bundan baxtiyorman. Bolalarim san’at sohasini tanlamagan bo‘lsa ham san’atni yaxshi ko‘radi. Ikkita o‘g‘limni ham bola-chaqasi bor, ularning baxtini ko‘rib quvonaman.

    Foto: Instagram / @sayyora_qozieva 

    Nevaralarim “buvijon” deb kelganida baxtga to‘laman. Inson uchun hayotda bundan katta baxt bo‘lmasa kerak. Oila a’zolarim san’atkor bo‘lishimga mutlaqo qarshi bo‘lgan. O‘sha paytda ayol kishining sahnaga chiqib, qo‘shiq aytib, raqsga tushishi fojia bo‘lgan. Bu 40—50-yillarda emas, 79—80-yillarda bo‘lgan edi.

    Masalan, bizning oilamizda qarindosh urug‘larimiz orasida bir urf-odat bor edi: erkaklar o‘tirgan dasturxonda ayol hech qachon ko‘rinish bermasdi. Shuning uchun otam ham, onam ham san’atkor bo‘lishimga norozi edi. Shunga qaramasdan san’atga jonimni fido qilaman, sahnaga chiqaman, deb juda ko‘p qiyinchiliklar, malomatlar, otilgan toshlar bo‘lsa-da harakat qildim. Hattoki qarindoshlarim yuzimga qaramagan, meni uylariga chaqirmagan, uyimizga kelganida ham men chiqqanimda teskari qaragan paytlar bo‘lgan.

    Allohga behisob shukr, shunga qaramasdan shu yo‘lda o‘zimni ko‘rsata oldim. To‘g‘ri har kuni 10-15 ta qo‘shiq yarata olmayman, lekin xalqimiz uchun harakatdaman. Har doim yangi qo‘shiq yaratishga harakat qilaman.

    “Hind aktrisalarini ko‘rib, kino aktrisa bo‘lishni orzu qilganman”

    Qo‘shiqchi bo‘lishimga opam sababchi bo‘lgan. Ular rubob chalib, qo‘shiq aytar edi. O‘sha paytlari otam: “Opangning ovozi senikidan ham chiroyli”, — deb aytardi. Biroq men hind aktrisalarini ko‘rib, kino aktrisa bo‘lishni orzu qilganman. Opamni qo‘shiq aytishini ko‘rib qo‘shiq aytishga o‘tib ketganman.

    Foto: Instagram / @sayyora_qozieva 

    Ular qo‘shiq aytib rubob chalganda, men ham oldiga borib o‘tirardim. Menga qo‘shnimiz qo‘shiq aytishni o‘rgatgan. O‘sha paytda radioda, televizordan eshitib, qo‘shiq aytishni o‘rganardim. Uyimizga mehmon kelganida sizlarga qo‘shiq aytib beraman, derdim. Kichkinaligimda uyimizdagi sandiqning ustiga chiqib qo‘shiq aytar edim. Qarsak chalishmasa, qarsak chalinglar, deb aytar edim.

    “Ijodimni to‘xtatdim, lekin haligacha bunga nima sabab bo‘lganini bilmayman”

    Shunaqa paytlar bo‘lgan, meni hattoki davlat tadbirlariga chaqirishmagan, televizorga chiqishimni ham xohlashmagan. O‘sha inson kimligini aytmayman, biroq u istasagina sahnaga chiqa olishimni aytgan. Ijodimni to‘xtatdim, lekin haligacha bunga nima sabab bo‘lganini bilmayman. O‘ylaymanki, san’at yo‘lida hech qanday ortiqcha xatolarim yo‘q. Ayol sifatida har doim o‘zimni qanday tutishim kerakligini bilganman, hech qachon oilamga xiyonat qilmaganman. 

    “Onamga otamga ayting, men konsertga borishim kerak, xalq oldiga chiqishim kerak, derdim”

    Onamdan juda ko‘p xafa bo‘lgan paytlarim bo‘lgan. Chunki otam har doim onamning gapiga e’tibor berar edi. Onamga otamga ayting, men konsertga borishim kerak, xalq oldiga chiqishim kerak, derdim. Aytmasdan chiqib ketgan paytlarim bo‘lgan, o‘sha paytda rahmatli otam meni sahnadan quvgan. Uyga kelib, onamdan xafa bo‘lganman. Ikki-uch kunlab gaplashmaganman, ovqat yemaganman.

    Bu mening xatom bo‘lgan ekan. Har bir ona o‘z farzandi uchun baxt-saodatni tilaydi. Hech qaysi ota-ona farzandining yomon yo‘lga kirib ketishini istamaydi. Balki ota-onam mening hayotimni boshqacha tasavvur qilgandir.

    “Vodiyga kelin bo‘lgunimcha bormaganman, ularning urf-odatini ham bilmaganman”

    Hozir kasal bo‘lganimda onamni eslayman, tirik bo‘lganlarida oldimdan ketmas edilar. Kelinlar keladi, choy uzatadi, shu bilan o‘zi bilan o‘zi bo‘lib ketadi.

    Turmush o‘rtog‘im bilan Boysunda tanishganman. Ular madaniyat institutida tahsil olgan, qo‘qonlik. Turmush o‘rtog‘imning yordami bilan institutga kirganman, o‘sha paytda institutga kirish xayolimda ham bo‘lmagan, o‘qimayman deganman.

    Foto: Instagram / @sayyora_qozieva 

    Vodiyga kelin bo‘lgunimcha bormaganman, ularning urf-odatini ham bilmaganman. Vohadagi insonlar to‘g‘ri gapirsa ham do‘g‘lab gapirgandek bo‘ladi, vodiyda esa aksi. Qo‘qonga borishim bilan o‘sha muhitga moslashib ketaman. Inson astoydil harakat qilsa, hamma narsaga ko‘nikadi.

    “Onam to‘yimga bormagan”

    Uzoqqa turmushga chiqib onamni yana bir bor kuydirdim, o‘sha paytda otam vafot etgan edi. Onam munosabatlarimizga qarshi bo‘lgani uchun, to‘yimga bormagan. To‘yimga ona sifatida qo‘shnimiz borgan. Onam Qo‘qonga, o‘sha bolaga turmushga chiqishimga qarshi bo‘lgan. Ular meni hammadan qizg‘anar edi. Onam vafot etishidan oldin turmush o‘rtog‘imni chaqirib: “Sayyorani sizga, sizni Xudoga topshirdim, uning ko‘zlaridan yosh to‘kilsa, men sizdan ikki dunyoda ham rozi bo‘lmayman”, — deb aytgan.

    Hayotdagi armonim — onamni tez-tez ko‘rmagan, ularning holidan xabar olmagan kunlarim. Agar hozir onam tirik bo‘lganlarida, hamma narsadan voz kechib yuborardim. Onam hozir tirik bo‘lganlarida oyoqlaridan, qo‘llaridan o‘par edim.

    13.02.2023, 12:53   Izoh (0)   25927
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Avatar 2: Suv yo‘li” filmi qanday suratga olinganini aks ettiruvchi qiziqarli suratlar

    12.02.2023, 12:10

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonidagi quvonchli kun, Umrani ado etayotgan san’atkorlar, Jahongir Otajonovdan yangi klip

    11.02.2023, 23:05

    Asal Shodiyevadan uzr so‘ragan Nilufar Usmonova, ukasi bilan duet, jonli ijro va qo‘rquv. Shohruxxonning kino-konsertidan reportaj (video)

    11.02.2023, 22:46

    “Qarindoshlar bunaqa taniladigan bo‘lsa, tanilmay qo‘ya qolsin, deyishdi”. Durdona Qurbonovaning onasi qiziga qanday rollar taqiqlangani va Imron bilan munosabati

    11.02.2023, 11:37

    Instagram: Turkiyaga 10 ming dollar xayriya qilgan Yulduz Usmonova, avariyaga uchragan Shahzoda Muhammedova, farzandli bo‘lgan Vohidjon Isoqov

    10.02.2023, 22:31

    Priyanka Chopra, Jiji Hadid va o‘zining noodatiy obrazlari bilan muxlislarini hayratda qoldirgan boshqa mashhurlar (foto)

    10.02.2023, 16:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41

    Xitoy ko‘prik qurish uchun tog‘ni ikkiga bo‘ldi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 14:32

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29

    Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlaydigan tibbiy uskuna ishlab chiqildi

    Texnologiyalar | 6 avgust, 14:20

    Tramp 8-avgust kuni Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari bilan uchrashadi

    Dunyo | 6 avgust, 14:08

    Arqadag‘ protokol tartib-qoidalaridan chetga chiqib, Shavkat Mirziyoyevni shaxsan kuzatib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 13:54

    Turkiya aviakompaniyasi bortga poverbank olib chiqishni taqiqladi

    Dunyo | 6 avgust, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.