Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov sektor rahbarlari bilan birga Norin tumaniga bordi va Turkiyada vafot etgan Barchinoy Mirzayeva xonadonida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Marhumaning yaqinlaridan xol-ahvol so‘raldi. O‘tganlar ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, duoga qo‘l ochildi.
45 yashar Barchinoy Mirzayeva Shonliurfadagi zilziladan omon chiqqan, ammo falokat manzaralariga yuragi dosh bermay, vafot etgandi. U 18 yashar talaba qizini yolg‘iz voyaga yetkazayotgan edi.


Marhumaning dafn marosimi bugun, 13-fevral kuni o‘zi yashagan “Boyovul” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)