O‘zbekistonda 2023-yilda nikohni qayd etish holatlari kamaydi, deb xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYO organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Qayd etilishicha, Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2399 taga yoki 11,7 foizga kamaygan.
Shuningdek, 2023-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Izoh (0)