Jizzaxda erkak bo‘rini so‘yib, boshini tanasidan ayirgani aniqlandi. Viloyat Tabiat resurslari boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
O‘rganishlar davomida Yangiobod tumani “Uchturgon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.Z. tomonidan bundan ikki yil oldin ushbu holat sodir etilgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, fuqaroga hayvonot dunyosi davlatning umummilliy boyligi, ulardan oqilona foydalanish va ular davlat tomonidan muhofaza etilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 3 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Izoh (0)