Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi ikkita noqonuniy yerosti yo‘li topildi.
Xabarga ko‘ra, tunnel 3 va 9-fevral kunlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan. Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yerosti yo‘li topilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)