Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 19-turida “Bavariya” 5-fevral, yakshanba kuni “Volfsburg” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuv avvalida myunxenliklar Kingsli Komanning dubli evaziga oldinga o‘tib oldi. 19-daqiqada Tomas Myuller hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Birinchi bo‘lim yakunida maydon egalari hisob qisqartirdi. 54-daqiqada “Bavariya” vakili Yozua Kimmix qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

73-daqiqada Jamal Musiala mehmonlarning to‘rtinchi golini urdi. 80-daqiqada Mattias Svanberg yakuniy hisobni o‘rnatdi.

19-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:


Bundesliga

19-tur bahsi

5-fevral, yakshanba

“Volfsburg” – “Bavariya” 2:4

Gollar: 0:1 – 9 Koman, 0:2 – 14 Koman, 0:3 – 19 Myuller, 1:3 – 44 Kaminski, 1:4 – 73 Musiala, 2:4 – 80 Svanberg.

“Volfsburg”: Kastels, Bornauv, Lakrua (Kaminski, 30), van de Ven, Paulo Otavio (Paredes, 66), Baku, Arnold (Gerhardt, 74), Svanberg, Nmecha, Vimmer (Marmush, 66), Vind (Nmecha, 74).

“Bavariya”: Zommer, Joau Kanselu (Blind, 78), Pavar, de Ligt, Goretska, Kimmix, Devis, Myuller (Stanishich, 60), Koman (Gnabri, 55), Sane (Tel, 60), Musiala (Vanner, 78).

Ogohlantirishlar: Kimmix (34), Sane (35), Paulo Otavio (38), Goretska (45), Vanner (90), Tel (90), Bornauv (90).

Chetlatish: Kimmix (54).


 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi