Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Kuvayt va Samarqandni toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 15-fevraldan Quvayt—Samarqand—Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha Airbus A320 samolyotlarida muntazam parvozlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qatnovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Kuvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota — Samarqand yo’nalishidagi reyslarni tiklamoqda.
Olmaota—Samarqand—Olmaota yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 18-martga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.