Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maktab o‘quvchilarining ota-onalariga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, ota-onalar farzandlariga o‘zi hamrohlik qilishi va maktabga olib borib maktabdan olib ketishi kerak. Ular bilan doimo aloqada bo‘lib turish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 31-yanvar kuni zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.