Arne Slot “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Hozirda mutaxassis “Feyenoord” klubini boshqarib kelmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klublar ushbu tayinlov uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni imzolagan. Xabar shu haftada rasmiy eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Liverpul” murabbiy uchun 13-15 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.
Bu Slotni tarixdagi eng qimmat gollandiyalik murabbiyga aylantiradi. Amaldagi bosh murabbiy Yurgen Klopp mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etadi.
45 yoshli mutaxassis 2021 yilning yozidan buyon “Feyenoord”ga ustozlik qilib kelmoqda. Bu davrda uning qo‘l ostida klub barcha turnirlarda 145 uchrashuvda qatnashib, 94 marta g‘alaba qozongan, 27 marta durang o‘ynagan va 24 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Slotning Feyenoord bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izoh (0)