Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tabiat resurslari vazirligida 1-fevral kuni qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Sherzod Habibullayev vazirlik huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimiga tayinlangan. U ushbu tayinlovga qadar Gidrometeorologiya xizmati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Jusipbek Kazbekov tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu tayinlovga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Obidjon Qudratov tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U ushbu tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lib faoliyat yuritgan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi