Samarqand viloyatining Urgut tumanida 10 kilo giyohvand modda sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, IIB, bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvand moddalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir chog‘ida Urgut tumani yashovchi fuqaro — 1992-yilda tug‘ilgan Q.A. Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi, 1983-yilda tug‘ilgan K.K.ga 2 kilo opiy giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib Q.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida 8 kilo opiy giyohvand moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Ayni paytda holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.