Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-fevraldan amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,16 so‘mga ko‘tarilib, 11 282,98 so‘mni tashkil qildi. Yevro 74,05 so‘mga oshib, 12 279,27 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,14 so‘mga ko‘tarilib, 160,92 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun tushib, 11 269,82 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham pastlagandi.
Izoh (0)