Daryo

O‘zbekistonda loukoster formatidagi aviakompaniya ish boshladi

Aviakompaniya tomonidan Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlariga Haj ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun aviachiptalarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

1 daqiqa o‘qish21 264 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda loukoster formatidagi Centrum Air aviakompaniyasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning yo‘lovchilar uchun parvozlari O‘zbekiston ichida ham, chet el mamlakatlarida ham amalga oshiriladi. Centrum Air kompaniyasida 250 nafar mahalliy va 400 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis ishlaydi.

Foto: Uzbekistan Airports

Ayni paytda aviakompaniya har biri 180 kishiga mo‘ljallangan beshta Boeing 737 va A320 samolyotlari yordamida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 2023-yilda kompaniya o‘z parkini 20 ta samolyotga kengaytirishni, keyingi uch yilda esa bu raqamni 100 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

“Umid qilamizki, bizning aviakompaniya tarmoq, ichki turizm va umuman fuqarolik aviatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissasini qo‘shadi”, — deydi kompaniya bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov.

Aviakompaniya tomonidan aviatashuvlar 15 ta mamlakatga, shu jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqalarga amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkentdan O‘zbekistonning beshta shahri: Nukus, Urganch, Termiz, Namangan va Farg‘onaga qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlariga Haj ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun aviakompaniya tomonidan aviachiptalarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Loukoster nima?

Kam budjetli aviakompaniya (loukoster, diskaunter) — ekspluatatsiya xarajatlari past bo‘lgan aviakompaniya. Oddiy qilib aytganda, bir qator omillar hisobiga chiptalarni past bahoda sotishga qurbi yetadigan aviatashuvchi. Mavzuga doir:

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar