O‘zbekistonda 23-yanvardan barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Izoh (0)