• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uzumni yil davomida tabiiy holatda saqlashning uch xil usuli bor”. Oltiariqlik bog‘bon uzumni 12 oy saqlash sirini oshkor qildi

    Farg‘ona viloyati o‘zining sarxil mevalari bilan mashhur. Bu zaminda yetishtirilgan meva va sabzavotlar dunyoning barcha nuqtalarida qadrlanadi, sevib iste’mol qilinadi. Viloyatda yetishtirilgan gilos, uzum, o‘rik, shaftoli, anor, xurmo, qovun, anjir, qulupnay va boshqa meva-sabzavotlar dunyoning ko‘plab davlatlariga eksport qilinadi. Ayniqsa, Oltiariq tumani uzum, bodring, turp yetishtirish borasida nafaqat mamlakatimiz, balki yetti iqlimda mashhur. Oltiariq uzumi chet ellarda ham taniqli “brend”ga aylangan.

    Bugun oltiariqliklar tomonidan xalq dasturxoniga o‘nlab navdagi sifatli va sarxil uzumlar yetkazib berilmoqda, shuningdek, xorijga ham minglab tonna uzum eksport qilinmoqda.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida 3 ming 500 gektar yerda uzum bog‘lari mavjud. E’tiborlisi, keyingi yillarda tumanda 500 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etilgan. 2021-yili tumandan Rossiya, Ukraina, BAA, Polsha, Germaniya, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi davlatlarga 27 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, 2022-yilda eksport hajmi 30 ming tonnadan oshgan.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Qish-bahor mavsumida ham ichki va tashqi bozorni sifatli uzum bilan ta’minlash maqsadida tumanda 83 ta — 68 ming 800 tonna sig‘imga ega muzlatkichli omborxonalar tashkil etilgan.

    Yilning to‘rt faslida ham xonadonimizdagi tokda uzum turadi

    “Chinortagi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Husanboy G‘ofurov Oltiariqning mashhur bog‘bonlaridan biri. Husanboy aka qariyb yarim asrdan buyon uzumchilik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Uning xonadonida “Husayni”, “Rizamat ota”, “Kelin barmoq”, “Qora shahzoda”, “Shohonak” singari yigirmadan ortiq uzum navlari parvarishlanadi. E’tiborlisi, oila a’zolari kuzda pishgan uzumni tokdan uzmagan holda keyingi yilning bahorigacha saqlash hadisini olgan.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Xonadon tomorqasida bir qarich bo‘sh joy topa olmaysiz. Tomorqadagi uzum bog‘i ko‘zni quvontirsa, uzumlar orasiga ekilib, so‘ritok tepasida hosil berayotgan olma, xurmo, nok, behi, kivi kabi mevali daraxtlar ham yaxshigina daromad keltiradi.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Husanboy aka qish chillasida ham uzumni tokdan uzmay, bahorgacha tabiiy holda saqlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Mirishkor bog‘bonning fikricha, uzoq muddat saqlash uchun uzumning kechroq pishadigan navlarini yetishtirish kerak.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov
    Uzumchilik bilan shug‘ullanishni boshlaganimga qariyb 53 yil bo‘ldi. Uzumchilik bizga ota kasb. Bolaligimdan otamning yonida yurib uzum parvarishi bilan bog‘liq yumushlarni puxta o‘rganganman. Hozirda tomorqamizdagi 16 sotix maydonda uzum yetishtiramiz. Ko‘rgan bo‘lsangiz, ko‘chamizga ham so‘ri tok qilingan. Tomorqamizda yigirmadan ortiq uzum navlari parvarishlanadi.Avvallari tajriba yetishmasligidan uzumlarni uzoq muddat saqlay olmasdik. Izlanishlar natijasida uzumlarni oktabr oyida novdasidan qanday uzsak, to uzum pishadigan iyun oyigacha xuddi shunday holatda saqlab turishga erishdik. Uzumning hamma navlarini ham uzoq vaqt saqlash imkonsiz. Biz uzoq muddat saqlash uchun uzumning kechroq pishadigan navlarini yetishtiramiz. Hozirda xonadonimizda yil 12 oy uzum saqlanadi, — deydi Husanjon G‘ofurov.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Kuzda pishgan uzumlar bahorgacha qanday saqlanadi?

    Oltiariqlik mirishkorlar kuzda pishgan uzumni may oyigacha tabiiy usulda saqlashning turli usullarini kashf qilgan.

    Husanboy G‘ofurovning ta’kidlashicha, bog‘bonlar uzumni saqlash yo‘llari borasida uzoq yillar izlanish olib borgan va buning uddasidan chiqqan.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov
    Uzumlarni yil davomida tabiiy holatda uch xil usulda saqlaymiz. Birinchisi, qadimiy “saqlama” usuli — uzilgan mevalarni yashikda mo‘tadil haroratda qorong‘u joyda saqlaymiz. Ikkinchisi, “baklashka” usuli, bunda uzib olingan har bir uzum novdasini suv quyilgan yelim idishlarga solib qo‘yamiz. Uchinchisi, meva tokdan uzilmaydi. Bunda uzum novdasining barglari to‘kilib bo‘lgach, qirovli, sovuq kunlardan saqlash maqsadida atrofi imkon qadar to‘liq o‘rab qo‘yiladi.

    “Saqlama” — ota-bobolarimizdan qolgan eski usul. Ob-havoning qanday kelishiga qarab sentabr yoki oktabr oylarida uzum uzib qo‘yiladi va yashiklarda qorong‘u omborda saqlanadi. Bunda uzumning bandi qurub qoladi. Uzumlarni uzoq saqlashning xalqona tajribasini bog‘bonlarimiz “baklashka” usuli deydi. Bunda pishgan uzum shodasi bandi bilan kesilib, suv quyilgan plastik idishga solib qo‘yiladi. Kaltak suvdan oziqlanadi va uzum bandi yangi uzilgandek bahor faslining oxirigacha ko‘m-ko‘k bo‘lib turaveradi.

    Tomorqamizdagi uzumning har bir boshini sentabr oyida qog‘ozga o‘rab chiqamiz. Havo soviy boshlashi bilan tokzorlarni ham o‘rab, qo‘lbola issiqxona yaratish orqali bahor faslining oxirigacha uzumni so‘ritoklarda saqlaymiz. Eng asosiysi, tok ustidagi uzumlar ham bahorgacha o‘z mazasini yo‘qotmaydi, — deydi Husanjon G‘ofurov.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Qishda tokda turgan uzumni ko‘rgani xorijlik sayyohlar ham kelyapti

    Oltiariq uzumlari mashhurlikda Marg‘ilon atlaslari va Rishton kulolchilik buyumlaridan kam emas. Ishkomlarda oltindek tovlanayotgan uzumlarni tatib ko‘rish uchun Oltiariqqa O‘zbekistonning turli hududlaridan, qolaversa, xorijdan ham mehmonlar keladi.

    Husanjon G‘ofurovning mahalliy va xorijlik sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan xonadoni ham Farg‘ona viloyatining turistik yo‘nalishlari qatoriga kiritilgan.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov
    Qariyb 15 yildan beri tokda uzum saqlab kelamiz. Ayni paytda xonadonimizdagi tokda uzumning “Husayni”, “Kelin barmoq” singari navlari saqlanyapti. Qish chillasida yoki bahor oylarida tokda uzum turganini ko‘rish uchun hatto xorijlik sayyohlar ham kelyapti. Ishonmasdan tokka chiqib o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rgan chet elliklar ham bo‘ldi. Kelgan mehmonlar ayniqsa qish faslida uzumni tokdan uzib yegisi keladi.

    Yaqinda yaponiyalik mutaxassislar uzum yetishtirish bo‘yicha o‘z tajribalarini bizga o‘rgatish uchun kelishdi. Ularga eng zo‘r uzum navlarini ko‘rsatdik. Tokdan yangi uzilgandek turgan uzumlarni ko‘rib hayron qolishdi. Uzum yetishtirish va saqlashni oltiariqliklardan o‘rganishimiz kerak ekan, deb ketishdi, — deydi Husanjon G‘ofurov.

    “Eng yaxshi uzum navlarini Prezidentimizga ham ko‘rsatganmiz”

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 4—5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasi faoliyati bilan tanishgan edi. O‘sha yerda davlat rahbariga Husanboy G‘ofurov xonadonidan keltirilgan va tokda tabiiy holda saqlanayotgan uzumlar namoyish etilgan.

    Yaxshi niyat bilan prezidentimizga xonadonimizdagi eng yaxshi uzumni saqlagan edik. Oltiariq uzumi davlatimiz rahbariga yoqqan bo‘lsa, biz bundan mamnunmiz. Kuzda Oltiariqda uzum festivali o‘tkazildi. Unda Italiya, Pokiston, Qozog‘iston, Belarus singari mamlakatlar delegatsiyalari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan mehmonlar qatnashdi. U yerda ham eng yaxshi uzum navlarini namoyish etdik. Uzum festivali har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilsa, bu ham jahon bozorida Oltiariq uzumi o‘ziga xos brendga aylanishiga hissa qo‘shadi.

    Yilning to‘rt faslida bozorlarimizga sara uzumlarni yetkazib beryapmiz. Oltiariq uzumlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Daromadimiz yaxshi. Uzumdan oladigan daromadimizga 4 nafar o‘g‘limni uyli-joyli qildim, — deydi xonadon sohibi Husanboy G‘ofurov.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Husanboy G‘ofurovning ta’kidlashicha, tumandagi xonadonlarning har birida yiliga 2 tonnadan 10 tonnagacha hosil yetishtiriladi. Bu bilan aholi uzum yetishtirishdan yiliga o‘rtacha 25-50 million so‘m daromad oladi. Bu borada Oltiariqda o‘ziga xos tajriba shakllangan, xonadon sohiblari uzum yetishtirishning haqiqiy mutaxassisiga aylangan. Eng asosiysi, uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan aholining daromadi ortmoqda, ularning oilasiga, xonadoniga fayz-baraka, to‘kinlik kirmoqda.

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyorbek Mamajonov

    Ha aytgancha, qish chillasida ham tokdan uzum uzib yeyishni istasangiz, Siz ham Oltiariqqa bir boring.

    18.01.2023, 15:40   Izoh (0)   44969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Bruney o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tashkil etiladi

    18.01.2023, 15:22

    Oliy sudda jamoatchilik bilan hamkorlik markazi tashkil etilib, sud faoliyati haqida OAVga to‘liq axborot taqdim etib boriladi – prezident farmoni

    18.01.2023, 15:18

    “Biz shartnomada urg‘u berayotgan masala — O‘zbekistondagi Singapur ta’lim maskanlari bilan ko‘lamni kengaytirishga qaratilgan” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyala...

    18.01.2023, 14:17

    “Singapurdan dunyo bo‘ylab juda ko‘p logistika ishlarini amalga oshiramiz” — singapurlik tadbirkor

    18.01.2023, 14:03

    O‘zbekistonda sudga hurmatsizlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

    18.01.2023, 13:57

    O‘zbekistonda ayrim sud ishlarini yuritish ma’muriy organlarga o‘tkaziladi

    18.01.2023, 13:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask Tramp saylov kampaniyasi davomida giyohvand moddalar iste’mol qilgan - NYT

    Dunyo | 30 may, 21:10

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    O‘zbekistonda 6-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:06

    ​Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:05

    Toshkent viloyatida fuqaro jinsiy a’zolari ichida 1 mlrd so‘mlik taqinchoqni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:55

    Nigeriyada suv toshqini oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 20:45

    Sistit — bu uyat emas!

    Reklama | 29 may, 21:00

    Dam olish kunlari bir o‘tirishda ko‘rib tugatsa bo‘ladigan miniseriallar

    Madaniyat | 30 may, 20:30

    Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:15

    O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tuzishni taklif etdi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.