“Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.
Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.
Izoh (0)