Samarqand va Farg‘ona viloyati hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-yanvar kuni Erkin Turdimovga mudofaa vazirining buyrug‘i bilan polkovnik harbiy unvoni berilgan.
Harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov tantanali ravishda topshirgan.
Shuningdek, Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorovga ham mudofaa vaziri buyrug‘i bilan polkovnik harbiy unvoni berilgan.
Bozorov davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo‘lida faol ishtiroki uchun I darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.
Mavzuga doir: Foto: O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 31 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram
Izoh (0)