Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi “Chelsi” chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, riyodliklar London klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Garchi kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, “An-Nassr” tomonidan taklif etiladigan summa “rad etib bo‘lmaydigan” darajada katta bo‘lishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, futbolchining o‘zi hozircha Angliya Premyer Ligasida faoliyatini davom ettirish tarafdori ekani aytilmoqda. Biroq saudiyaliklar unga jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri maqomini va’da qilmoqda. Bundan tashqari, “Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska ispaniyalik himoyachini o‘z taktikasining muhim qismlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli londonliklar hozircha Kukurelyani qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.
Ma’lumot uchun, “An-Nassr” ayni paytda yana bir yulduz futbolchi — Joau Feliksni jamoaga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ingliz nashrlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan va yaqin kunlarda bu transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
“An-Nassr” joriy mavsum Saudiya Pro Ligasini 3-o‘rinda yakunladi. Klub chempion “Al-Ittihod”dan 13 ochko ortda qoldi.
Izoh (0)