“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 14-soni mavzusi “Ayolning gapi — gap” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida jurnalist, “Anhor” internet nashri bosh muharriri Lola Islomova taklif etildi.
Hozir mahalla hokimiyatning malayi bo‘lib qolgan. Mahallada oqsoqollar yo‘q. Balki, odamlarning o‘zi ham aybdordir bunda, e’tiborli va faol bo‘lishmayotgandir. Masalan, saylov bo‘lsa, albatta, ishtirok etish kerak. Mahallada ilgari hamma bir-birini tanirdi, hol-ahvolini bilardi. Hozir bunday emas, shaffoflik ham yo‘q.
Bu ish qiyin emas, oddiy Telegram kanal ochilsa, kimga qanday yordam berilyapti, kim yordam olmadi, kimga nima kerak — hammasidan boxabar bo‘lish mumkin. Bizda esa hammasi tartibsiz. Ko‘pincha Telegram kanal vazifasini masjiddagi “rupor” bajaryapti, hamma e’lonlarni shu orqali berishadi, — deydi Lola Islomova.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)