“PSJ” hujumchisi “Barselona”ga qaytmaydi va faoliyatini Parijda davom ettirmoqchi.
“Messi hech qachon ‘Barselona’ uchun o‘ynamaydi. Uning ortga qaytishi bo‘yicha muzokaralar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. unga MLS dan taklif tushgan, lekin hech qachon jiddiy qaramagan. Leo Yevropada qolib, g‘alaba qozonishda davom etish istagida”, — deydi jurnalist Gaston Edul.
Shuningdek, jurnalist argentinalikning “PSJ” bilan 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolash istagida ekanini ta’kidladi. Parij jamoasi esa Messi bilan 2025-yilga qadar bitim imzolamoqchi.
Messi 2021-yilning yozida “Barselona”ni tark etgan edi. 35 yoshli futbolchi joriy mavsum “PSJ” safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)