“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Real” futbolchilari g‘alabalardan to‘ygan, degan gaplar to‘g‘ri emas. Gap 2013-yilda g‘alabalarni boshlagan futbolchilar haqida. Ular hamon sovrinlarga chanqoq. Futbolchilar psixologik jihatdan juda kuchli. “Real”da talablar yuqori. Bu yerda barcha narsaga erishganlik haqida o‘ylash mumkin emas.Saudiya Arabistonida “Real” va “Barselona” 15-yanvar, yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalida o‘zaro to‘qnash keladi.Maydonning holati yoqdi. U yerda yaxshi o‘yin ko‘rsatish mumkin. Bizda muammolar yetarlicha edi. Tezkorlik evaziga “Barselona”ni yutish mumkin yoki mumkin emasligini bilmayman. G‘alaba uchun ajoyib o‘yin ko‘rsatish lozim. Ha, ajoyib o‘yin. Tezkorlik — g‘alaba kaliti emas.
Meni eng xavotirga soladigani himoya. “Valensiya”ga qarshi zo‘r o‘ynadik, biroq gol... Bu boshqa qaytarilmaydi deb o‘ylayman.
Murabbiylar sovrin yuta olmagani uchun tanqidga uchrashu haqida
Mag‘lubiyatga uchrasa, barcha ayb murabbiyda bo‘ladi. Xavi bu haqida juda yaxshi biladi.
Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi
Izoh (0)